$
12699.14 UZS
84.07
162.16 UZS
0.14
14847.83 UZS
93.24
36° Kechasi 24°

Buni sanʼat deydilar: millionlarga sotilgan hayratlanarli kartinalar

16:00 / 30.11.2022

Hayotingizda biror marta boʻlsa ham tasviriy sanʼat asarlariga qarab turib ularning maʼnosiga tushuna olmagan paytlaringiz boʻlganmi? Albatta, mazkur sohada minimalizm deya ataluvchi janr ham bor. Ammo bu kabi asarlarning sotiladigan narxlari yoqangizni ushlashga majbur qilib qoʻyadi.

Bu oʻrinda professional rassom yoki mazkur sohada boshlovchi boʻlishingiz shart emas. Ushbu maqola siz uchun qiziqarli boʻladi degan umiddamiz.

Unda soʻz boruvchi kartinalar bir necha million dollarga sotilgan, qiziqarli tomoni, ular shunchalar oddiyki, aynan shu kabi asarni oʻzingiz ham osonlikcha chiza olasiz.

10. Sayt Tvombli. “Nomsiz”

Bir qarashda ushbu asarni bolalarning maktab doskasidagi chizgilar bilan adashtirishingiz ham mumkin.

Aslida bu amerikalik mashhur rassom Sayt Tvomblining qimmatbaho sanʼat asaridir.

Kartina 2005-yilda auksionda 7500000 dollar evaziga sotilgan. Ha, ha notoʻgʻri oʻqimadingiz, uning narxi 7500000 dollar! Kartinaning narxi nima uchun shunchalar qimmat ekanligini bilmoqchi boʻlsangiz rassom hayoti bilan biroz tanishishga toʻgʻri keladi.

Sayt Tvombli faoliyatining gullab-yashnagan paytlari shifrlovchi ham boʻlgan, shu sababli tanqidchilar ijodkor oʻz mahoratini kartinaga nisbatan qoʻllab, unga allaqanday sir yashirgan boʻlishi mumkinligini aytadilar.

Amerikalik sanʼatshunos Krik Karne esa ushbu chiziqlar kodlashtirilgan qoidalar koʻrinishi bilan bir hil ekanligini taʼkidlagan. Uning maʼnosi qanday ekanligi maʼlum emas. Shu tariqa rassom inson tajribasining murakkab tuygʻularini aks ettirib bergan. Ijodkorning rasmiy saytida esa suratga quyidagicha izoh beriladi: “Kartinaning murakkab va keng koʻlamli ekanligidan kelib chiqib aytish mumkinki, u Trombli ijodidagi eng yuksak asarlardan biri hisoblanadi”. Bu oʻrinda murakkab soʻzining qanchalar boʻrttirib koʻrsatilganiga diqqat qiling. Ammo ushbu izoh ham surat uchun toʻlangan katta miqdordagi pulni tushuntirib bera olmaydi-da!

9. Mark Rotko, “Toʻq sariq, qizil, sariq”

2011-yilda ushbu kartina zamonaviy sanʼatning eng qimmat asari sifatida rekord oʻrnatgan.

Uni Nyu-York auksionida 89 900 000 dollar evaziga sotgan edilar. Sanʼatshunos mijozlarning aytishlaricha,

rassom bu oʻrinda odamlarni oʻziga torta oladigan ranglar palitrasidan foydalangan. Tarixga qaraydigan boʻlsak, kolleksionerlar hamisha qizil, tillarang tusdagi asarlar uchun kulrang kartinalarga nisbatan koʻproq pul toʻlab kelganlar.

2012-yilda “New York Times” gazetasi ushbu kartinani

Rotko ijodidagi eng yuksak asar deya taʼriflagan.

Shundan keyin esa hamyoni pul bilan toʻla mijozlar Rotkoning boshqa asarlarini ham talab ketdilar. Misol uchun, uning “Nomsiz” asari 2014 yilda 66 million dollar evaziga sotib yuborilgan. Biroz keyinroq esa shu mavzudagi “Siyohrang, yashil, qizil” asari 186 million dollar evaziga pullangan. Bu oʻrinda uning 186 million dollar evaziga sotilishini tovlamachilik deya atash oʻrinliroq boʻlardi. Boisi keyinchalik asar sotuvchilari, aniqrogʻi dallollar uning narxini notoʻgʻri koʻrsatishda sud tomonidan ayblanganlar.

8. Barnett Nyuman “Oq olov yolgʻiz”

Barnett Nyumanning mazkur kartinasi Nyu-Yorkdagi “Сhristieʼs” kimoshdi savdo uyini bezab turibdi. 2002-yilda asar 3 million 800 ming dollar evaziga sotilgan. Sanʼatshunoslar Nyumanni abstrakt ekspressionizmi maktabining yetakchi vakillaridan biri deya hisoblaydilar.

Uning ushbu asariga nazar tashlay turib, mazkur fikrning haqiqat ekanligiga amin boʻlasiz, albatta. Sanʼatshunoslarga ishonadigan boʻlsak, rassomning bu asarida biz oʻylagandan koʻra koʻproq maʼno bor.

Ularning aytishlaricha, rassom asarlarida atrofdagi borliq, hissiyotlar va oʻzaro birdamlik tushunchasi koʻrsatib beriladi. Uning suratlaridagi chiziqlar esa ilgak shaklini ham anglatadi. Bu butun asarni birlashtirib turish uchun xizmat qilarmish.

Rassomning oʻzi ham suratlar insonga mavjudlik hissini berishi kerakligi, shu orqali odamlar uning asarlari bilan bogʻlana olishlarini aytgan.

Aytish kerakki, rassom asarlariga uning vafotiga qadar yuksak baho berilmagan.

7. Lucho Fontana, “Boʻshliq, konseptsiya, kutish”

Oʻta antiqa nomdan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu asar ham qimmat narxda, aniqrogʻi 2015-yili Myunxen auksionida 1700000 dollar evaziga pullangan.

Ushbu kartina boʻshliq tushunchasiga bagʻishlangan asarlardan biri sanaladi.

Auksion saytining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, rassomga tegishli asarlar seriyasi juda mashhurdir. Unga qarab turib, oddiygina kanopni birov kesib qoʻygan degan fikrga borishingiz ham mumkin. Ammo sanʼatshunoslar fikriga koʻra, asarda mazkur kesikning qoʻllanilishi uning sirli maʼnosini ochish uchun xizmat qiladi. Goʻyoki kesik ortiga berkingan boʻshliq uni meditativ tushunchaga aylantiradi. Fontananing oʻzi esa surat ishlashning mazkur usulini uning ortidagi boʻshliqni ochib berish uchun xizmat qilishi haqida aytgan. Bu albatta, juda hayratlanarli izoh. Oramizda istalgan inson oʻzi uchun xolst sotib olishi va uning yuza qismini kesib qoʻyishi mumkin. Ammo uni katta narx, aniqrogʻi million dollar evaziga sota olishingiz muammo boʻlsa kerak. Rassomlarning kuchli jihati ham shundadir balki?

6. Elsuort Kelli, “Yashil, oq”

Ushbu asarni esa taʼriflashga soʻz kamlik qiladi.

Asarda ulkan va notekis yashil aylana va uning ortidagi boʻsh kanop aks etgan. Kartina 2008-yilda 1600000 evaziga sotilgan boʻlib, auksionlarda oʻz ishlari bilan kattagina mashhurlikka erisha olgan rassom Elsuort Kelli tomonidan yaratilgan. Rassom kolleksionerlar tomonidan hamisha qoʻllab-quvvatlangan, oʻzi esa uning asarlarini tushungan kolleksionerlarni xush koʻrgan.

Ijodkorning aytishicha, asarlarini asos shaklidan chiqarmoqchi boʻlgan, keyin esa atrof-muhit bilan aloqada boʻlgan shakl yaratishga harakat qilgan. Oʻz izohlarida ushbu shaklni ozodlik timsoli sifatida taʼriflagan.

5. Gerxand Rixter, “Qirmizi koʻzgu”

Oddiygina koʻrinishga ega boʻlgan rangli toʻrtburchak oʻziga shunchalar katta eʼtibor va pulni jalb qila oladi deya kim oʻylabdi deysiz? 2009-yilda asar 1100 000 dollar evaziga auksiondan xarid qilingan. Aslini olganda bu oddiy kartina uchun haddan tashqari katta summa. Balki biz uning asl maʼnosini tushuna olmayotgandirmiz?

Avvalo aytib oʻtish kerak, u odatiy xolst emas. Sababi Rixter rassom emas, fotorassomdir. Rixter koʻp yillar davomida oʻzining ijodiy ishlari orqali ijobiy birlashuv namunalarini yaratishga harakat qilib kelgan.

Shu sababli ham shishani qizil rangga boʻyab, ustiga surat chizgan. Rixter oʻz ishlarida realizm va abstraksionizm bogʻliqligini koʻrsatib berishga harakat qilgan ekan.

“Qirmizi koʻzgu” esa narsalarning aslida biz koʻrganimiz kabi boʻlmasligini anglatadi.

Auktsion vaqtida “New York Times” gazetasi ushbu ish haqida maqola eʼlon qilgan. Unda asarni sotish oson boʻlmagani, ammo juda yaxshi summa evaziga pullangani aytib oʻtilgan.

4. Barnett Nyuman, “Onement VI”

Bundan biroz avval ham tilga olib oʻtilgan mazkur rassom oʻzining navbatdagi asarini katta pul evaziga sotgan edi. 2013-yili rassom asari 43 800 000 dollar evaziga oʻz egasi qoʻliga topshirilgan.

“New York Post” gazetasi esa uni koʻk rangli maydon va uni kesib oʻtgan oq chiziq sifatida taʼriflagan. Juda kreativ va antiqa izoh shunday emasmi? Nima uchun rassom ishlari katta qiziqishga sabab boʻlishini esa hech kim bilmaydi. Balki buni jurnalistlar tushuntirib bera olishar? 2013-yilda jurnalist Jonatan Jons Nyumanning buyuk rassom ekanligi haqida maqola yozdi.

Ayni paytda soʻz borayotgan mashhur kartinani esa har qanday narx evaziga sotib olish kerak degan fikrni ham berdi. Nima uchun Jons bunday fikrda deysizmi? Sababi rassom ijodidagi chiziqlar uning suratlariga hos boʻlgan belgi emas. Jonsning aytishicha, mazkur chiziqlar borliq va vaqt orasidagi ayriliqni aks ettiradi. U insonlarni hayot maʼnosi haqida oʻylashga undaydi.

Bir soʻz bilan aytganda asar insonning hayotdan maʼno topib yashashiga ishora qilar ekan.

3. Kazimir Malevich, “Suprematik kompozitsiya”

2008-yilda rus rassomi Malevichning ushbu surati 60 million dollar evaziga sotildi. Bu xalqaro inqiroz paytida sodir boʻlgan edi.

Fikrimizcha, ushbu surat sotilgan paytda insonlar abstrakt tushunchasini juda yaxshi anglagan boʻlsalar kerak. Bugungi kunda esa odamlar uning uchun millionlarni sarf qilishga tayyor. Eng qizigʻi, ushbu kartina 2018-yilda takroran sotilgan. Bu safar uning narxi 85800000 dollarni tashkil qildi.

Oqibatda Malevich rus sanʼati tarixidagi eng qimmatbaho asar muallifiga aylandi.

2. Jekson Pollok, “№5”

Surat chizishga nisbatan hech qanday iqtidoringiz boʻlmagan taqdirda ham Jekson Pollok tomonidan yaratilgan ushbu suratni siz takror chizib bera olgan boʻlardingiz. “Youtube” platformasida mazkur uslubdagi asarlarni yaratish uchun video darsliklar ham bor.

Ming afsuski, siz va bizning bunday sanʼat asarlarimizni million dollar evaziga sotib olmasliklari aniq.

2006-yilda Pollok asari 140 million dollar evaziga sotildi. Bu abstrakt ekspressionizm bizning zamonamizga kelib qanchalar ommalashib ketganini yaqqol koʻrsatib beradi. Boisi kartinaga qaragan paytingizda hayolingizga birinchi boʻlib bitta savol kelishi tayin: “Nahotki insonlar shuning uchun pul toʻlashga rozi boʻlsalar?”

Rassom ushbu asarni ijod etish paytida xolstning yuqori qismiga turib olgancha turli boʻyoqlarni sochib chiqqan, xolos. Ijodkorning fikriga koʻra, bu surat haqiqatan ham uni his qilgan holatda ijod qilish hamda tuygʻularni yorqin ifoda etishga imkon bergan.

Tanqidchilar esa asarni rassom tuygʻularining ajoyib ifodasi deya taʼriflaganlar. Oddiy odamlar unga “Qush uyasidagi tartibsizlik” deya baho berishgan.

1. Robert Reymont, “Koʻprik”

2003-yilda boʻlib oʻtgan rassomlar koʻrgazmasida ijodkor Robert Reymontning “Koʻprik” asarini koʻrganlar hayron boʻlib qolishdi. Sababi u oddiy xolstning oʻzidan iborat edi. Keyinchalik rassom buning oddiy xolst emasligi, balki oq rang bilan boʻyalganini aytdi va suratda katta maʼno bor ekanligini qoʻshimcha qilib oʻtdi.

Eng qizigʻi mijozlar ham bu fikrga toʻliq qoʻshildilar. 2015-yilda mazkur kartina “Shristieʼs” auksionidan 20 million dollar evaziga sotildi.

Aytish kerakki, ushbu asarni Raushenberg uslubida ishlangan deb taʼriflaydilar.

Asar 3 ta oq polotnodan iborat boʻlib, triptix uslubida yaratilgan. Aslida minimalizm va ekspressionizm tarafdorlari ijodida bu kabi oq polotnolar haddan tashqari koʻp.

Ammo muzey xodimasining aytishiga qaraganda rassom ijodidagi asar sof oq rangda emas. Oq oʻziga hos tusga ega boʻlib, aynan shu sababli “Koʻprik” asarida juda katta maʼno yashiringan ekan. Ha, bu haqiqatan ajoyib eshitiladi, ammo oq rangli polotnoni 20 million dollarga sotish juda gʻalati holat emasmikin?

Har ne qilganda ham buni sanʼat olami vakillari yaxshiroq tushunsalar kerak.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Bu haqda ishonchli fors manbalari xabar bermoqda
21:30 / 13.07.2025
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 4,5 mln.dan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar…
12:50 / 14.07.2025
Zilemxan Haydarov yangi lavozimga tayinlandi

Zilemxan Haydarov yangi lavozimga tayinlandi

U Prezident administratsiyasida boshqarma boshlig‘iga aylandi
19:37 / 14.07.2025
Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Baxtiyor Saidov xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda bir qator loyihalar muhokama qilindi
20:39 / 14.07.2025
“Chelsi” PSJni tor-mor etib, KJCh chempioniga aylandi

“Chelsi” PSJni tor-mor etib, KJCh chempioniga aylandi

Shu tariqa, “Chelsi” yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk chempioniga aylandi.
10:09 / 14.07.2025
Test sinovlari boshlandi

Test sinovlari boshlandi

O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlariga bugundan start berildi.
09:48 / 14.07.2025
AOKA faoliyati tugatildi

AOKA faoliyati tugatildi

Prezident farmoni bilan uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etiladi.
16:33 / 14.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!