Buxoro markaziy dehqon bozori yonğin xavfsizligi qoidalari buzilgani va favqulodda vaziyatlar yuzaga keliş xavfi mavjudligi sababli vaqtinça faoliyatini töxtatdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga köra, ötkazilgan tekşiruvlarda qoidabuzarliklarning asosiy qismi bozorning kiyim-keçak savdosi amalga oşiriladigan qismi hamda unga tutaş hududlarda aniqlangan.
Jumladan, ayrim tadbirkorlar yonğin öçiriş texnikasi harakatlanişi uçun ajratilgan yölaklarni tösib qöygan. Şuningdek, savdo rastalari belgilangan bir metr masofalik me’yorga rioya qilinmagan holda joylaştirilgan.
Tekşiruv davomida dökon peştoqlarining mato va tez alangalanuvçi plastik materiallar bilan qoplangani, ayrim savdo nuqtalari tomida esa yonuvçan alyukobond materialidan foydalanilgani aniqlangan. Elektr simlarining belgilangan talablarga mos kelmasligi va tartibsiz örnatilgani ham qayd etilgan.
Bundan taşqari, dökonlarning barçasi yonğin haqida avtomatik xabar beriş tizimi bilan ta’minlanmagani, yer osti suv oliş qurilmalarining nosozligi hamda yonğinga qarşi jihozlaş burçaklarida kamçiliklar mavjudligi ma’lum bölgan.
Bozor faoliyatini vaqtinça töxtatiş böyiça qaror viloyat iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan. Ungaça bozor hududi viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, soliq boşqarmasi va maxsus işçi guruh tomonidan örganilgan.
Bozor ma’muriyati hamda savdo nuqtalari egalariga aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş vazifasi yuklatilgan. Qoidabuzarliklar töliq bartaraf etilib, belgilangan xavfsizlik talablari bajarilgaç, bozor faoliyatini qayta tiklaş masalasi körib çiqiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!