Özbekistonda voyaga yetmagan farzandiga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan erkakka nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 9-oktyabr kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ta’lim muassasalarida ötkazilgan profilaktika tadbirlari çoğida 2010-yilda tuğilgan qizning uzrli sabablarsiz darslarga kelmayotgani aniqlangan.
Mazkur holat maktab psixologi iştirokida örganilganida, qizning ruhiy ahvoli yaxşi emasligi ma’lum bölgan. U bilan ötkazilgan suhbat davomida voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan jinsiy zöravonlikka duçor bölganini aytgan.
Aniqlangan holat yuzasidan tuman içki işlar bölimiga ma’lumot berilib, materiallar prokuratura organlariga yuborilgan. Şuningdek, vaziyat “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ham nazoratga olingan.
Voyaga yetmagan qizning xavfsizligini ta’minlaş, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida u kiçik hajmli ijtimoiy kömak markaziga joylaştirilgan. U yerda qizga psixologik hamda ijtimoiy yordam körsatilgan. Bundan taşqari, u tibbiy tekşiruv va tegişli ekspertizadan ötiş uçun yönaltirilgan.
Ayni vaqtda qiz oilaviy bolalar uyida istiqomat qilmoqda.
Prokuratura tomonidan uning otasiga nisbatan jinoyat işi oçilgan bölib, hozirda tergov işlari davom etmoqda.
Agentlik ma’lumotiga köra, hozirda bolaning oiladagi yaşaş şaroitlari ham atrofliça örganilmoqda. Uni oilasiga qaytariş masalasi esa faqat xavfsizligi, ruhiy holati va eng ustuvor manfaatlari töliq baholangandan keyingina hal etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!