Özbekiston Respublikasi Prezidentining nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi yoş avlodni ilm-ma’rifatga intiliş, muntazam izlaniş va Vatanga munosib farzand bölib kamol topişga çorlovçi ezgu murojaat sifatida e’tirof etilmoqda.
Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi 133-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari ham mazkur maktub bilan tanişib, unda ifodalangan samimiy fikrlar va hayotiy tavsiyalardan katta taassurot oldilar.
Ayniqsa, maktubdagi quyidagi fikrlar öquvçilar e’tiborini tortdi:
“Ilm-ma’rifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir”.
Uşbu murojaat yoşlarni bilim olişga, öz ustida tinimsiz işlaşga, oldiga aniq maqsadlar qöyib, ularga erişiş yölida qat’iyat bilan harakat qilişga undaydi.
Prezident maktubida ilgari surilgan ezgu ğoyalar yoş avlod qalbida ilmga muhabbat, kelajakka işonç va Vatan oldidagi mas’uliyat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!