$
11847.16 UZS
52.28
141.44 UZS
2.77
13843.41 UZS
157.81
31° Kechasi 18°

Buxoroda davlat pulini o‘zlashtirgan XTB bosh hisobchisi va uning yordamchisi jazolandi

09:50 / 06.11.2022

Buxoro viloyati Peshko‘ tuman Xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi va uning o‘rinbosari jinoiy til biriktirib, yirik miqdordagi maktab byudjet mablag‘larini talon-toroj qilshgani fosh etildi.

Ta’kidlanishicha, Peshko‘ tuman Xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi U.E. va uning o‘rinbosari R.E. lavozim vakolatidan foydalangan holda 2021-yilning aprel oyidan 2022-yilning yanvar oyiga qadar jami 147 ta holatda 217 308 300 so‘mlik byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. Holatga ko‘ra, Xalq ta’limiga tegishli bo‘lgan ushbu pul mablag‘lari noqonuniy tartibda sarflangan. Bu pullar Xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, tumandagi turli maktablarda ishlovchi ishchi-xodimlar, shuningdek, har ikki mansabdorning qarindosh-urug‘larining kredit hamda kontrakt to‘lovlarini so‘ndirish uchun ko‘chirib berilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumani sudi raisi Farrux Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, har ikki holatda ham to‘lovlarni so‘ndirish uchun yo‘naltirilgan bu mablag‘lar keyinchalik xodimlarning ish haqlaridan ushlanmay qolgan. Mablag‘lar R.E. hamda E.R.ning ta’lim tizimida mutlaqo tegishli bo‘lmagan o‘z yaqin qarindoshlarining kredit qarzdorliklarini so‘ndirish uchun noqonuniy ravishda o‘tkazib yuborilgan.

Mansab mavqeyini suiiste’mol qilib, o‘zgalarning ko‘p miqdordagi mulkini takroran o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ifodalangan jinoiy harakatlarni sodir etgan har ikki lavozim egasi o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lgan. Qilmishidan pushaymondaligini bildirgan aybdorlar tomonidan davlad byudjetiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplab berilgan.

“Birining 6 nafar, ikkinchisining 4 nafar farzandi bo‘la turib, o‘zgalarning haqini talon-taroj qilishdan ikkilanmagan shaxslarga nisbatan sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilishga qaratilgan 167-moddasi, 2-qismi qo‘llanildi. Ushbu modda bilan ularga uch yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi”, – degan sud raisi.


Bu ham qiziq

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026
19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:19 / 18.08.2026
Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

Korxonalarga sun’iy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
12:48 / 18.08.2026
Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xod…
16:08 / 19.08.2026
Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon sakkiz kishida Kongo-Qrim gemorragik isitmasi aniqlangan. Ular orasi…
12:03 / 22.08.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

➖ Besh yilda biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berdi, bu borada 84 ta Qonun, 861 ta farmon va qaror qabul q…
14:51 / 18.08.2026
Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 y…
09:48 / 19.08.2026
Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026
Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

Yangi albomlar chiqqan kunlarda o‘limli YTHlar ko‘paygan

AQShda mashhur ijodkorlarning yangi albomlari taqdim etilgan kunlarda o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari soni…
11:40 / 19.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!