Chirchiq shahrida tijorat banki filiali bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan jami 1,3 mlrd so‘mini bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Chirchiq shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bankning BXM bo‘limi boshlig‘i O.R. fuqarolardan omonat uchun qabul qilingan pul mablag‘larini bank kassasiga kirim qilmagani aniqlangan.
Shuningdek, u mablag‘lar bankka kirim qilingani haqida omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumotlar kiritgan. Natijada jami 1,3 mlrd so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!