Samarqandda bir tup tut daraxtini kesgan fuqaro 75 million so‘m jarimaga tortildi.
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Toyloq tuman bo‘limi tomonidan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Ushbu reyd davomida tumanning Xo‘jayuz MFY hududida fuqaro U. Z. tomonidan tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom 1 tup tut daraxti kesib tashlanganligi ma’lum bo‘lgan. Natijada tabiatga 71 million 250 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, u BHMning 10 baravari - 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan. Endi huquqbuzar fuqaro qilmishi uchun jami 75 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!