$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

DSQ muhokamalarga sabab bo‘lgan mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar yuzasidan bayonot berdi

18:45 / 15.01.2022

DSQ muhokamalarga sabab bo‘lgan mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar yuzasidan bayonot berdi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar bo‘yicha soliq bazasi (liniyali obyektlar va tugallanmagan qurilish ob’yektlari bundan mustasno) 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2022-yildan kiritilgan o‘zsharishlar yuzasidan turli fikr va xulosalar bildirilmoqda.

Qo‘mitaning xabariga ko‘ra, ushbu o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar 2021-yilda mulk solig‘i to‘lovchilarning 74,3 foizi (51,5 mingtasi) 1 yilda – nol (5,2 mingtasi), 10 ming so‘mgacha (1,1 mingtasi), 100 ming so‘mgacha (4,1 mingtasi), 1 million so‘mgacha (19,5 mingtasi) yoki 10 million so‘mgacha (21,7 mingtasi) soliqlar hisoblagan bo‘lsa, 13 foizi (8,9 mingtasi) 100 mln so‘mgacha va 2,8 foizi (1,9 mingtasi) 100 million so‘mdan yuqori summaga to‘g‘ri keladi. Qolgan 10 foizi (6,9 mingtasi) imtiyozli obyektlar hisoblanadi.

Ya’ni, ko‘chmas mulk egalarining asosiy qismi obyektlarini yillar davomida qayta baholatmasdan haqiqiy bahodan juda past ko‘rsatilgani munosabati bilan barcha sohalardagi islohotlar qatorida asosiy kapital bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymatiga bosqichma-bosqich o‘tish belgilangan

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida mulkni bozor qiymati asosida hisoblab chiqarish mexanizmini joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishda tijorat ko‘chmas mulk ob’yektlarining 1 kvadrat metr joy uchun bozor qiymati 6 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Belgilangan minimal qiymat ko‘chmas mulk ob’yektlari bozor qiymatining 2-3 barobaridan past ekanini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, kiritilgan o‘zgartirishlar qatorida mulk egalariga ob’yektning 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, uni mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etish huquqi berilmoqda.

Qayd etilishicha, mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi, ya’ni unda mulk solig‘i kiritilgan 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatda hisoblanmaydi.

“O‘z fikrini bildirayotgan ayrim ekspertlar tomonidan masalaning bu tomoniga e’tibor qaratilmasdan, qat’iy ravishda mavjud kvadrat metrni minimal qiymatga ko‘paytirgan holda soliq summalari chiqarilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ko‘chmas mulkni qayta baholatish uchun 2022-yil 1-oktyabrgacha vaqt belgilangan.

Unga qadar, 1-fevralgacha mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ko‘chmas mulk ob’yektlariga 1 kvadrat metr minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etishi qayd etilgan va bugungi kun holatiga mulkiga ega soliq to‘lovchilar 1,9 trillion so‘mga (2021-yilda 1,7 trillion so‘m edi) ixtiyoriy ravishda muddatidan oldin topshirib bo‘lgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan minimal qiymatga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisiyent kiritishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan. “Yana bir masala, o‘zini ‘jonkuyar’ ko‘rsatayotgan ayrim ekspertlar mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar rejasi 2021-yilga nisbatan juda katta ko‘lamda oshirilgani to‘g‘risida bong urayotgan bo‘lsada, 2022-yilda budjetga tushumlar prognozi tasdiqlanganida 2021-yildagi 1,6 trln so‘mlik tushumlarga nisbatan 33 foiz o‘sish bilan 2,1 trln so‘mga rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilda ham 2020-yilga nisbatan o‘sish qariyb 30 foizni tashkil etgan. Toshkent shahrida belgilangan prognoz rejasi 2021-yilgi tushumga nisbatan 27,6 foizga va Samarqandda 28 foizga oshishi ko‘zda tutilgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Özbekistonda elektrotexnika sohasida 11,6 milliard dollarlik loyihalar amalga oşiriladi

Keyingi uç yil davomida Özbekistonda elektrotexnika va unga boğliq yangi sanoat yönalişlarida umumiy qiymati 11,6 milliard d…
13:26 / 09.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

Qarşidagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi

10-noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda va…
09:48 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!