Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi. Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro 13 ta quyma ko‘rinishidagi jami 10 kg 35 gramm kumushni maxsus xaridorga 20,8 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan kumushning umumiy qiymati 235 million 229 ming so‘mni tashkil etadi. Tergovga qadar tekshiruvlarda gumonlanuvchi zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xodimi ekani aniqlangan.
Korxonada oltin va kumush mahsulotlari qayta ishlangani, biroq qimmatbaho metallarni yuqori darajada tozalash va ajratib olish (affinaj) faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli ruxsat mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.Shuningdek, tekshiruv davomida ushbu manzildan umumiy qiymati 3 milliard 483 million so‘mlik 58 kilogramm kumush hamda 2,2 kilogramm oltin borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!