“AQSh savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, savdo, investitsiyalar hamda sheriklikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashdik. Hozirda Amerika biznes doiralari mamlakatimizdagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu e’tibor yaqin istiqbolda aniq kelishuvlar, yangi ish o‘rinlari va iqtisodiyot uchun keng imkoniyatlarga aylanishi juda muhim.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqotni va amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashib kelayotgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyatini alohida ko‘rib chiqdik”, – deydi Prezident administratsiyasi rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!