$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Dunyoning eng antiqa haykallari

14:35 / 12.07.2022

San’at deganda aksariyat odamlar musiqa, she'riyat va rassomlikni tushunadi. Ammo, haykaltaroshlik ham san’atning ajoyib turlaridan biri hisoblanadi. O’z ishining ustalari tomonidan yaratilgan ko'plab betakror haykallar ko’chalarni, hiyobonlarni bezab turibdi. Shunday san’at asarlari borki antiqaligi, noodatiyligi bilan ajralib turadi.

“Zigmund Freyd haykali” Chexiya, Praga

Chexiyaning Praga shahrida joylashgan ushbu antiqa ijod namunasi iste’dodli haykaltarosh Devid Cherni tomonidan yaratilgan. Unda, bir qancha sohalarda yutuqlarga erishgan olim Zigmund Freyd tasvirlangan. Muallif o’z asarida ziyoli qatlamning har doim yuqoridada bo’lishini hamda boshqalardan ajralib turishini ko’rsatmoqchi bo’lgan. Usta haykalni shunday joziba bilan ishlaganki, Pragaga kelgan  mehmonlar ushbu san’at asarini ko’rmasdan ketishmaydi.

“Frans Kafka haykali” Chexiya, Praga

Chexiyadagi yana bir ajoyib haykal Franz Kafkaning ijodiga bag’ishlangan. Muallif Yaroslav Rona yozuvchining “Bir kurash hikoyasi”asaridagi qahramon timsolini yoritib bergan. Ushbu hikoya Kafkaning birinchi asari bo’lib, 1903-yildayozilgan.

“Tabiat kuchi” Qatar

Italiyalik haykaltarosh Lorenzo Kuinning ushbu ijod namunasi faqatgina Qatarda emas, balki, AQSH, Angliya, Monako, Singapurda ham o’rnatilgan. Unda globusni mato bilan ushlab turgan ayol tasvirlangan.

“Nelson Mandela haykali” JAR

Janubiy Afrika Respublikasi sobiq prezidenti Nelson Mandela sharafiga bunyod etilgan ajoyib san’at asari 50ta po’lat ustuni yordamida barpo qilingan. Uning tasviri faqat ma'lum bir nuqtadan ko'rinadi. Nelson Mandela Janubiy Afrika Respublikasining mashhur siyosatchisi bo’lib, 1993-yilda “Tinchlik uchun” nobel mukofotini qo’lga kiritgan.

“Tungi qurol” AQSH, Nyu-York

Nyu Yorkdagi ushbu ijod namunasi shved haykaltaroshi Karl Fredrik Reutersvard tomonidan mashhur musiqachi Jon Lennonning xotirasiga bag‘ishlab yaratilgan. Jon Lennon britaniyalik rok yulduzi bo’lib, 1980-yilda qotillik tufayli vafot etgan.

“Noma’lum rasmiy” Islandiya, Reykyavik

Islandiya o’zining vulqonlari bilan mashhur. Shuningdek mamlakatga tashrif buyursangiz, mana bunday antiqa haykalga ko’zingiz tushadi. San’at asari 1994-yilda mahalliy rassom va haykaltarosh Magnus Tomasson tomonidan yaratilgan.

“Sayohatchi” Fransiya, Marsel

Marsel shahridagi dengiz qirg’oqlarida joylashgan sayohatchi haykali nafaqat Fransiyani, boshqa ko’plab davlatlardagi ko’rgazmalarni ham bezab turibdi. Haykal bir nechta nusxalarda bo’lib, qator mamlakatlarda o’rnatilgan.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025
Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Bunday qaror bosh murabbiy Xabi Alonsodan chiqqan deb hisoblanmoqda
16:38 / 02.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025
Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti firibgarlik ayblovi bilan 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

U sud qaroridan norozi ekanligini va apellyatsiya berishini ma’lum qildi
18:02 / 02.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!