$
12060.27 UZS
37.35
148.87 UZS
0.73
13916.35 UZS
73.16
31° Kechasi 18°

DXX korrupsiyaga oid bir qator noqonuniy holatlarni aniqladi

20:47 / 29.07.2025

1. Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi sud tizimidagi tanishlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning ishini sudda qayta ko‘rib chiqish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlash evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IJQK Departamenti xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur mutaxassis firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun muqaddam bir necha marotaba sudlangan.

2. Namangan viloyatida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 783 mln so‘mlik soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i ham 4400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

3. Poytaxtda qayd etilgan holatda, Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘ydirib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

4. Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuzilish holatida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln so‘mlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini Qarshi tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Huquq-tartibot idoralari tomonidan korrupsion holatlarga qarshi kurashish, oldini olish chora-tadbirlari davom ettiriladi.


O‘zbekiston


														
														Narkojinoyatlar uchun javobgarlik og‘irlashtiriladi

Narkojinoyatlar uchun javobgarlik og‘irlashtiriladi

Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik ta…
12:50 / 10.11.2025

														
														Shifokorlarning farzandlariga kontrakt puli to‘lab beriladi

Shifokorlarning farzandlariga kontrakt puli to‘lab beriladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab har yili davlat tibbiyot muassasalari xodimlari tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan …
12:06 / 10.11.2025

														
														Namanganda 9,7 kg “gashish” va 3,2 mlrd so‘mlik kontrafakt dorilar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi

Namanganda 9,7 kg “gashish” va 3,2 mlrd so‘mlik kontrafakt dorilar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi

U tekshirilganida, yonida bo‘lgan sumka ichida 9 kg 702 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiyl…
11:01 / 10.11.2025

														
														Sirdaryoda narkolaboratoriya tashkil qilgan er-xotin qo‘lga olindi

Sirdaryoda narkolaboratoriya tashkil qilgan er-xotin qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkolabora…
09:50 / 10.11.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti 9-noyabr kuni “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to…
18:06 / 09.11.2025

														
														OITSga chalinganlar o‘rindiqlarga atayin “shpris” qo‘yib ketayotgani rad etildi

OITSga chalinganlar o‘rindiqlarga atayin “shpris” qo‘yib ketayotgani rad etildi

OITSga chalingan kimsalar kasallikni boshqalarga yuqtirish uchun o‘rindiqlarga tibbiy igna qo‘yib ketayotgani haqidagi xabar…
16:43 / 09.11.2025

														
														O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni ortib bormoqda

O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni ortib bormoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha t…
16:06 / 09.11.2025

														
														Firibgarlar 600 nafar fuqaroni jami 1 mlrd 32 mln so‘mga chuv tushirdi

Firibgarlar 600 nafar fuqaroni jami 1 mlrd 32 mln so‘mga chuv tushirdi

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi.
15:54 / 09.11.2025

														
														Qarshida kafe yonib ketdi

Qarshida kafe yonib ketdi

“Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi”, – deyiladi FVB xabarida.
14:14 / 09.11.2025

														
														10-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esad…
14:12 / 09.11.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2026-yilda 10 foizgacha ortishi kutilmoqda

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 2026-yilda 10 foizgacha ortishi kutilmoqda

Markaziy bankning “Pul-kredit siyosatining 2026-yil va 2027–2028-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlar” konsepsiy…
09:28 / 09.11.2025
Tramp 2026-yilda AQSh bo‘ylab sayohatni rejalashtirmoqda

Tramp 2026-yilda AQSh bo‘ylab sayohatni rejalashtirmoqda

“AQSh prezidenti Donald Tramp 2026-yilda o‘tkaziladigan Kongressga oraliq saylovlar kampaniyasi doirasida mamlakat bo‘ylab s…
10:04 / 09.11.2025
O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 10–13-noyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
11:16 / 09.11.2025
Sirdaryoda narkolaboratoriya tashkil qilgan er-xotin qo‘lga olindi

Sirdaryoda narkolaboratoriya tashkil qilgan er-xotin qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkolabora…
09:50 / 10.11.2025
Filippinda to‘fon sabab 100 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi

Filippinda to‘fon sabab 100 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi

“Filippinda kuchli “Fung Vong” super tayfuni tufayli 100 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi”, deb xabar berdi The Guardia…
15:00 / 09.11.2025
“Tolibon” burqasiz ayollarning shifoxonalarga borishini taqiqladi

“Tolibon” burqasiz ayollarning shifoxonalarga borishini taqiqladi

Taqiq, shuningdek, boshqa davlat idoralariga boradigan ayollarga ham tegishlidir.
13:05 / 09.11.2025
O‘zbekistonning qaysi hududida shifoxonalar soni ko‘p?

O‘zbekistonning qaysi hududida shifoxonalar soni ko‘p?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxona mua…
14:25 / 08.11.2025
Tehronda qurg‘oqchilik sabab suv ta’minotiga cheklovlar joriy etildi

Tehronda qurg‘oqchilik sabab suv ta’minotiga cheklovlar joriy etildi

Eron mamlakatdagi kuchli qurg‘oqchilik tufayli Tehron aholisiga suv yetkazib berishni cheklay boshladi.
08:40 / 10.11.2025
Ispaniyada bo‘ron va kuchli to‘lqinlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada bo‘ron va kuchli to‘lqinlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida 79 yoshli Niderlandiya fuqarosi, 43 yoshli mahalliy aholi vakili va shaxsi oshkor etilmagan yana bi…
09:13 / 10.11.2025
Firibgarlar 600 nafar fuqaroni jami 1 mlrd 32 mln so‘mga chuv tushirdi

Firibgarlar 600 nafar fuqaroni jami 1 mlrd 32 mln so‘mga chuv tushirdi

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi.
15:54 / 09.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!