$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Shifokorlarning farzandlariga kontrakt puli to‘lab beriladi

12:06 / 10.11.2025

2026-yildan boshlab davlat mehnat staji kamida 15 yil bo‘lgan shifokorlar va farmatsevtlarning farzandlari uchun davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt puli qiymatining 30 foizini qoplab beradi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab har yili davlat tibbiyot muassasalari xodimlari tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi.

Mablag‘ Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan kasb bayrami munosabati bilan har yili:

– “Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;

– “Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;

– “Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”;

– “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”;

– “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”;

– “Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”;

– “Eng yaxshi oilaviy poliklinika”;

– “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”;

– “Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

G‘oliblar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Unda tibbiyot muassasalariga – 500 mln so‘m, tibbiyot va boshqaruv xodimlariga – 30 mln so‘m beriladi.

Shuningdek, tanlov g‘oliblari davlat mukofotlariga taqdim etiladi hamda menejment dasturlari va boshqa zamonaviy dasturlar asosida ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijdagi ta’lim va ilmiy tashkilotlarda o‘qishga tavsiya etiladi.

2026-yil 1-apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Bunda tibbiyot muassasalari ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, 1-yanvaridan milliy akkreditatsiyadan o‘tgan xodimlarga lavozim maoshining 10 foizi miqdorida har oylik ustama joriy etiladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bir yilda bir marta davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olishlari mumkin bo‘ladi.

Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini joriy etgan va uning ijobiy natijasiga erishgan shifokorlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi va yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Bundan tashqari, barcha xodimlar uchun barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori 2 baravarga kamaytiriladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi.

Har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining 25 foizi qoplab beriladi.

Kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda tibbiyot muassasasining mablag‘lari hisobidan bir yilda bir marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma berish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2026-yildan boshlab yuqoridagi maqsadlar uchun Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga har yili qo‘shimcha 100 milliard so‘mdan indeksatsiya qilinadigan mablag‘ ajratish topshirilgan.


O‘zbekiston


														
														Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

Kontent markazida “Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusiga bag‘ishlangan CICA Media Forum doirasida Boku Kongress markazi…
17:28 / 02.10.2026

														
														“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:49 / 02.10.2026

														
														Endi O‘zbekistonda noqonuniy jang tashkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi

Endi O‘zbekistonda noqonuniy jang tashkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi

O‘zbekistonda jangovar sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish uchun…
15:48 / 02.10.2026

														
														Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritab…
12:24 / 02.10.2026

														
														O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Joriy yilning 3-oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5-oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sov…
10:09 / 02.10.2026

														
														Chilonzorda avtomobil ustiga daraxt quladi

Chilonzorda avtomobil ustiga daraxt quladi

2026-yil 1-oktyabr kuni soat 23:59 da Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasida daraxt sinib qulashi natijasida haraka…
09:12 / 02.10.2026

														
														14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026

														
														O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026

														
														O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi 100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu haqda bugun, 30-sentyabr kuni Prezident Sha…
15:47 / 30.09.2026

														
														Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termiz shahrida Damas avtomobilida 21 nafar voyaga yetmagan bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bolalar xususiy oilaviy bog‘c…
15:42 / 30.09.2026

Bu ham qiziq

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qildi

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchi Javohir Sindorovning bir necha oy avval Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasini es…
16:57 / 29.09.2026
Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari jadal o‘zgar…
13:57 / 30.09.2026
Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Pedofillarga umrbod jazo berilishi bo‘yicha qonunni senat ma’qulladi

Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritab…
12:24 / 02.10.2026
“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:49 / 02.10.2026
Ko‘p ekran vaqti bolalar rivojidagi ayrim muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi

Ko‘p ekran vaqti bolalar rivojidagi ayrim muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi

Kalgari universiteti olimlari 64 ta mamlakatdan 2,8 milliondan ortiq bola haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ekran qarshis…
09:23 / 30.09.2026
O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarida firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar joriy etilishi…
10:35 / 30.09.2026
Endi O‘zbekistonda noqonuniy jang tashkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi

Endi O‘zbekistonda noqonuniy jang tashkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi

O‘zbekistonda jangovar sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish uchun…
15:48 / 02.10.2026
Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026
Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026
Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan…
14:37 / 30.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!