Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkolaboratoriya fosh etildi.
Guliston shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs va uning 1996-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i, hozirda Guliston shahrida istiqomat qiluvchi 1995-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan fuqaro bilan kelishgan holda, uning xonadonida sintetik narkotik moddalar tayyorlab, “zakladka” tarzida mijozlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishgan.
Ushbu narkolaboratoriyadan 4 kg 373 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, mikser, protivogaz, zip-paket va qadoqlashda ishlatiladigan boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Aniqlanishicha, og‘ufurushlar MDH davlatlari bo‘ylab internet tarmog‘ida sintetik narkotiklar sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tomonidan xorijdan yuborilgan xom-ashyolardan foydalanib, giyohvandlik vositalari tayyorlashgan.
Hozirda mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!