Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon butun dunyoda muzliklar erib borayotgani, asr oxiriga borib, sayyorada muzliklarning uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi. Qo‘shni davlat rahbari bu haqda BMTning “2025-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi: Muzliklarni saqlash xalqaro yili” mavzusidagi tadbirda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Murojaatda qayd etilishicha, Okeanlar va kriosfera bo‘yicha iqlim o‘zgarishi natijasida hukumatlararo panel hisobotiga ko‘ra (2019), dunyo muzliklarining uchdan bir qismi XXI asr oxiriga qadar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
“Birgina so‘nggi 50 yil ichida Tojikistonda 1000 dan ortiq muzliklar to‘liq erib ketgan, mamlakat muzliklarining umumiy hajmi qariyb uchdan bir qismga qisqargan. Aholi sonining o‘sishi va iqtisodiy taraqqiyot tufayli suvga bo‘lgan talabning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganini hisobga olsak, bu jarayonning davom etishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi o‘z-o‘zidan ayon”, – deydi Emomali Rahmon.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, so‘nggi uch yil dunyodagi meteorologik kuzatuvlarning butun davri uchun eng issiq yil hisoblanadi.
So‘nggi besh-o‘n yillikda dunyoda aholi jon boshiga toza suv ko‘rsatkichi 2,5 barobar, Markaziy Osiyo mintaqasida esa 4 barobar kamaygan.
Bundan tashqari, Arktika va Antarktika muzliklarining erishi dengiz sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘lib, dunyoning yuz millionlab aholisi, ayniqsa kichik orol davlatlarining hayotiga tahdid solmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!