Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berishicha, kecha, 11-oktyabr kuni Bosh prokuraturada “Sun’iy intellekt imkoniyatlarini prokuratura tizimiga joriy qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, tadbirda Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja, “AIM Laboratory” MChJ rahbari Xikmatilla Ubaydullayev, “XCDM” MChJ rahbari Samandar Tursunaliyev, texnobloger Sa’dulla Abdullayev ishtirok etib, bugungi mavzu yuzasidan nutq so‘zladi.
So‘zga chiqqanlar sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida o‘z fikr va ma’lumotlarni, tushuntirishlarni berib o‘tishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!