Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob berishi kerakligini aytdi.
U bu haqda 26-sentabr kuni Istanbulda o‘tkazilgan MÜSİAD EXPO savdo ko‘rgazmasining yopilish marosimida so‘zlagan.
Erdo‘g‘an xalqaro tizim qonuniylik, vakillik va adolat borasida boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ta’kidladi. Shuningdek, u Falastin, xususan, G‘azo sektoridagi vaziyatga to‘xtalib, Anqara Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.
“Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbarida emas, balki ular sodir etgan jinoyatlar va to‘kilgan qon uchun javob beradigan sud zallaridadir”, — dedi Erdo‘g‘an.
Uning ta’kidlashicha, bunday jinoyatlar uchun huquqiy va tarixiy javobgarlik ta’minlanmasa, shunga o‘xshash voqealar yana takrorlanishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!