Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) jurnalistni Saxalin viloyatida ushlagan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist mamlakat mudofaa qobiliyatiga oid ma’lumotlarni to‘plaganlikda ayblanmoqda. Xususan, u Kuril orollarida Ukrainaga qarshi urushga safarbar qilingan harbiylar va ko‘ngillilar soni haqida ma’lumot yig‘ganlikda gumon qilinmoqda.
FXX ma’lumotiga ko‘ra, to‘plangan ma’lumotlarni xorijiy razvedka topshirig‘i asosida Rossiya xavfsizligiga qarshi foydalanish uchun topshirish maqsadi bo‘lgan. Moskvaning Lefortovo sudi jurnalistni kamida ikki oy muddatga hibsda saqlash haqida qaror chiqargan. U Moskvadagi Lefortovo tergov izolyatorida saqlanishi kutilmoqda.
Agar josuslikda aybdor deb topilsa, Imayi Yukiga 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Hozircha keltirilgan ma’lumotlarda jurnalistning ayblovlarga munosabati haqida xabar berilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!