$
12129.01 UZS
37.79
147.99 UZS
-1.17
13968.98 UZS
124.53
31° Kechasi 18°

Eron JCh-2026 o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda

08:53 / 18.03.2026

Eron Futbol federatsiyasi FIFA bilan 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Eronning Meksikadagi elchixonasi xabar berdi.

“Tramp Eron terma jamoasining xavfsizligini kafolatlay olmasligini aniq bildirganligi sababli biz AQShga bormaymiz. Shu bois FIFA bilan Jahon chempionati o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz”, – deya bayonot berdi Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj.

Avvalroq Eron sport vaziri Ahmad Donyamali mamlakatdagi geosiyosiy vaziyatni inobatga olib, Eron terma jamoasining Qo‘shma Shtatlardagi turnirda ishtirok etishi qiyinligini ma’lum qilgandi. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan berilgan “Eronning turnirda ishtirok etishi noo‘rinligi” haqidagi bayonotidan so‘ng Donyamali Eronni Jahon chempionatidagi ishtirokini hech kim taqiqlashi mumkin emasligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi. Turnir AQSh, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Eron “G” guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga o‘ynaydi. Guruh o‘yinlarining barchasi AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ili…
10:42 / 16.03.2026
Eron JCh-2026 o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda

Eron JCh-2026 o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirishni so‘ramoqda

Eron Futbol federatsiyasi FIFA bilan 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo…
08:53 / 18.03.2026
16-mart uchun ob-havo ma’lumoti

16-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:08 / 15.03.2026
Toshkentdagi Park in Mall savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi Park in Mall savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
14:30 / 15.03.2026
Toshkent Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
08:55 / 16.03.2026
Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam ol…
11:25 / 17.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Toshkentga yangicha ko‘rkamlik berib, poytaxtimizning markazida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ilm-fan …
20:26 / 17.03.2026
O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish va sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islo…
13:20 / 16.03.2026
Farg‘onada 4,4 kg gashishni noqonuniy olib kirgan aka-uka ushlandi

Farg‘onada 4,4 kg gashishni noqonuniy olib kirgan aka-uka ushlandi

Aniqlanishicha, aka-ukalar Afg‘onistondan kontrabanda qilingan ushbu narkotik moddani Farg‘ona viloyatida sotishni rejalasht…
08:31 / 18.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanb…
09:14 / 17.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!