Bugun, 15-mart kuni soat 13:18 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazi 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib, yong‘in soat 13:28 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Yong‘in natijasida majmuaning 3-qavatida 25 kvadrat metr maydon yonib zararlangani aniqlangan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!