Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2000-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro to‘xtatilib tekshirildi hamda undan 8 ta ampulada gashish moyi va 10 dona folga qog‘ozga o‘ralgan gashish moddasi olingan.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, narkolaboratoriya tashkil qilganligi ma’lum bo‘ladi. Ushbu manzildan 34 dona “izolenta” bilan o‘ralgan gashish, 63 ta ampulada 88 gr gashish moyi va 2 ta shprisda 25 mg gashish moyi, shuningdek, 640 gr gashish moyi va 2 gr qo‘lbola usulda tayyorlangan gashish hamda giyohvandlik vositalarini qadoqlash uchun ishlatiladigan “izolenta”, tarozi, ampula, shpris va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!