$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Ertaknamo Irlandiya haqida qiziqarli faktlar

12:04 / 30.03.2023

Irlandiya bir vaqtning o‘zida mamlakat va butun boshli orol sanaladi. Aytganday, uni Shimoliy Irlandiya bilan adashtirmang yana. Shimoliy Irlandiya ham aynan mana shu orol tarkibida joylashgan, ammo Buyuk Britaniyaning bir qismi sanaladi. Nima uchun orolning teng ikki qismga bo‘lingani ko‘pchilik uchun qiziq, to‘g‘rimi? Aslida u 800 yil davomida Buyuk Britaniya mustamlakasi hisoblangan. Ammo XX asr boshlarida Irlandiya mustaqil bo‘lishga erishdi. Shimoliy qism esa Birlashgan qirolliklar tarkibida qolish uchun ovoz berdi. Bizning bugungi maqolamiz Mustaqil Irlandiya Respublikasi haqida.

Iqlim

Bu yerni “Zumrad orol” deya atashlari bejizga emas. Sababi orol turli-tuman o‘simliklar tufayli butun yil davomida yam-yashil holatda bo‘ladi. Mahalliy iqlim sharoitlari ko‘pchilikka ma’qul kelmaydi. Bu yerdagi aksariyat kunlar tumanli va yomg‘irlidir. Orolda issiq havo ham, qahraton kunlar ham bo‘lmaydi. Yuqori darajadagi namlik darajasi esa issiq kunlar haqida sog‘inshga majbur qiladi.

Mamlakat hududi unchalik katta emas, aholi soni ham 4,5 million kishiga teng, xolos. Ularning asosiy qismi mahalliy irlandiyaliklar bo‘lib, barchalari ingliz tilida so‘zlashishadi. Ammo mamlakatda irland tili rasmiy til deya tan olingan.

Irlandiya manzaralarining asosiy qismi qishloq peyzajlari, yashil adirlar, sigirlar va qo‘ylar sayr qilib yurgan dalalardan iboratdir. Bu kabi go‘zalliklar mamlakat odamlariga tabiat bilan bir tanu jon bo‘lib yashash uchun imkon beradi. Aksariyat qishloqlar hududi bir necha gektarni tashkil qiladi. Ayrim uylar esa ana shu qishloqdagi yagona bino bo‘lishi ham mumkin.
O‘lkaning shahar aholisi o‘ziga xos hayot tarzini olib boradi. Keling, endi Irlandiyaning eng katta shaharlari bilan tanishib chiqamiz.


Dublin

Reytingimizdagi birinchi shahar – mamlakat poytaxti va o‘lkaning eng katta shahri bo‘lmish Dublin sanaladi. Bu yerda 550 ming nafar inson istiqomat qiladi. Shahar atrofidagi hududlarni ham qo‘shib hisoblaganda ularning soni 2 million kishini tashkil qiladi, xolos. Shaharda zamonaviy va osmono‘par binolar ko‘p emas. Ammo o‘rta asrlar arxitekturasi, antiqa yodgorliklar va turfa gullarning son-sanog‘i yo‘q.

Dublinda halqaro banklar va korporatsiyalarning bosh ofislari joylashgan. IT sohasi kompaniyalari va pivo tayyorlash maskanlari haddan tashqari ko‘p.

Shahardagi asosiy va eng mashhur joylardan biri “Templebar” sanaladi. Bu barlar va pablar tumanidir. Mazkur hudud hech qachon uxlamaydi. Shaharda dunyoning turli burchaklaridan kelgan odamlarni uchratasiz, shu sababli xorijliklar bu yerda qiynalib qolmasliklari aniq.

Kork

Bu Irlandiyaning janubiy sohili bo‘ylab joylashgan ertaknamo shahar. Avliyo Patrik ko‘chasi shaharning asosiy bulvari bo‘lib, aynan shu yerda ko‘plab do‘kon va kafelarni uchratishingiz mumkin. Shahar Irlandiyaning savdo-sotiq markazi sanaladi. Bu yerda ajoyib ingliz bozori ham bor.

Limerik

Bu aholi soni bo‘yicha Irlandiyaning 3 o‘rinda turadigan shahri bo‘lib, hududda oziq-ovqat va tikuvchilik sohasi rivojlangan. Bu yerlik odamlar mashhur to‘r bezaklarining haqiqiy shaydosi bo‘ladilar.

Iqtisodiyot

Irlandiya iqtisodiyotiga faqatgina bir tomondan qarab bo‘lmaydi. O‘tmishda bu nochor yashaydigan, rivojlanmagan agrar davlat sanalgan. Davlatdagi holat esa insonlarning ko‘chib ketishlariga sabab bo‘lgan. Ammo o‘lka Yevropa ittifoqi tarkibiga qo‘shilgach, yuqori texnologiyalar mamlakatiga aylandi-qoldi. Iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining o‘rni hamon juda katta bo‘lib qolmoqda. Irlandiya Yevropaga mol go‘shti va sut mahsulotlarini yetkazib beruvchi eng yirik eksportchilaridan biri sanaladi. Ammo bugungi kunda iqtisodiyotning farmatsevtika, elektronika va informatsion texnologiyalar sohalari ham yaxshi rivojlangan. “Amazon”, “Intel”, “Microsoft”, “Google”, “Facebook” kabi gigantlar Irlandiyaga bir necha o‘n milliard miqdorida investittsiya kiritganlar, bu yerda ofislar va ishlab chiqarish maskanlarini ham ochishgan. Irlandiyani “Evropaning silikon vodiysi” deb ham atashadi. Bugungi kunda Irlandiya eng tez rivojlanib boryotgan mamlakatlardan biridir. 2015-yilda Irlandiya dunyodagi eng katta YaIM ko‘rsatkichlariga ega mamlakatga aylandi va 26 foizlik natijani qayd qildi.

Orol o‘z namunasi orqali rivojlangan mamlakatlar bilan aloqa qilish va biznes uchun kerakli sharoitlarni yaratish mamlakatning rivojlanishida juda muhim ekanligini ko‘rsatib berdi. 2000-yildan beri u muhojirlar, xususan Sharqiy Yevropa va Osiyoliklar uchun qulay mamlkatlardan biri sanaladi. Mamlakatdagi oylik maoshlari 2017-yil natijalariga ko‘ra 2,5 ming yevroni tashkil qiladi. Bu Germaniya va Fransiya ko‘rsatkichlaridan ham yuqori natija.

Transport

Irlandiyada mashinalar harakati chap tomonda bo‘lib, yo‘llar juda ham tor va ko‘p hollarda to‘g‘ri nazorat qilinmaydi. Ammo Dublin shahrida ikki qavatli avtobuslar va tramvaylarni ko‘rishingiz mumkin.
Mamlakatda metro yo‘q, hattoki Dublin shahrida ham. Hukumat vakillari uni 2005-yildayoq qurishga va’da bergan edilar, aslida. Ammo hamon natija bo‘lmayapti.

Odamlar

Garchi o‘lkada 5 millionga yaqin inson istiqomat qilsa ham, dunyodagi barcha irlandlar soni 80 millionga yaqin ekanligi aytiladi. Og‘ir davrlarda ushbu o‘lkadan odamlarning aksariyat qismi ko‘chib ketgan. Irlandlarning ko‘pchilik qismi, aniqrog‘i 40 millionga yaqin guruhi AQShda yashaydi. Agar amerikaliklar bilan muloqot qilsangiz, ularning har uchtadan biri ajdodlari orasida irlandiyaliklar bo‘lgani haqida aytishadi.

Bundan tashqari, bir guruh irlandlar Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda yashashadi.

Irland xalq kuylari va raqslarini butun dunyo odamlari yaxshi bilishadi. Irlandlar tabiatan hazilkash, xushmuomala va mehmondo‘st bo‘ladilar. Mamlakat o‘zining pablari bilan juda mashhur. Odamlar hayotidagi har qanday hodisa bar va pabda nishonlanadi. Juma kuni barcha odamlar pablarda ko‘ngil yozishadi. Oylik olsa pabga, do‘stlari bilan uchrashish uchun pabga, regbi va futbol ko‘rish uchun yana o‘sha pabga borishadi. Irlandlar xursandchilik qilish va dam olishni yaxshi ko‘rishadi.

Bu yerning odamlari juda ham erkin hayot tarzini olib borishadi. Boshqa mamlakat odamlari esa ularni ko‘p ichadigan insonlar sifatida tasavvur qiladilar. Biroq sog‘liqni saqlash halqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Irlandiya ichkilik iste’mol qilish darajasi bo‘yicha mamlakatlar o‘ntaligiga ham kirmaydi. Bu o‘rinda uni 12 qatordagina ko‘rishingiz mumkin.

17 mart sanasi kelgach, irlandlar Avliyo Patrik kunini bayram qilishadi. Bugungi kunda mazkur bayram AQSh va Rossiyada ham ommalashib bormoqda.

Bayram paytida qo‘shiq va sho‘x raqslar ijro qilinadi.
Barcha odamlar yashil rangli liboslar kiyib olishadi. Turli ichimliklar va taomlar iste’mol qilinadi.

Sport

Irlandiyada Golf, shuningdek gels futboli. Gels futboli odatiy futbol va regbi qorishmasini aks ettiradi. Kerling esa maysazorlar ustida xokkey o‘ynashni anglatadi. Ammo irlandlarning haqiqiy ishqibozligi otchoparlik bilan bog‘liq. Bu yerda hashamatchi otchoparlik musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Bundan tashqari, irlandlar orasida itlar musobaqasi ham juda mashhur. Bu kabi musobaqalarga insonlar butun oila a’zolari bilan birga tashrif buyurishadi.

Turizm

Irlandiyada betakror saroylar va ibodatxonalar haddan tashqari ko‘p. Bundan tashqari, ularning ichida yashaydigan trollar, leprekon va jodugarlar haqidagi hikoyalar ham odamlarni o‘ziga jalb qiladi.
Qolaversa, mamlakat tabiati ham turistlarning katta oqimiga sabab bo‘lgan. Betakror maysazorlar, tepaliklar va ko‘llar bahri dilingizni ochib yuboradi.
O‘ziga xos sohil qirg‘oqlarini aytmaysizmi... Mamlakatni yaxshiroq bilib olishingiz uchun sizga mahalliy gidlar yordam berishi mumkin. Ular sayyohlarni o‘lka tarixi bilan tanishtirish barobarida oqshom payti dam olish uchun eng yaxshi joylarni ham aytib berishadi. Irlandiyaning son-sanoqsiz pablari va barlari orasidan eng yaxshisini tanlab olish oson ekanmi axir?

Taomlar

Irlandiya taomlari juda oddiy va to‘yimlidir. Ular odatda kartoshkaning turli usullar bilan pishirib yeyishadi, irland ragusi, kartoshkali blinchiklar ham juda mashhur. Irland viskisi va irlandcha qahva esa milliy ichimliklar hisoblanadi. Bu kabi qahva ichiga viski ichimligini qo‘shib tayyorlaydilar.

Irlandiyaliklar pivo iste’mol qilishni ham yaxshi ko‘rishadi. Mashhur Ginos pivosining asl vatani ham shu yer bo‘lib, o‘lkadagi ushbu ichimlik mazasi boshqalaridan farq qilar emish. Uni mahalliy odamlar maxsus retsept asosida va faqatgina orol hududida tayyorlaydilar.

Yashash tarzi

Irlandiya sokin hayot tarzini yaxshi ko‘radigan, shovqindan qochish istagidagi insonlarga ma’qul keladi. Bu yerdagi hayot tarzi haddan tashqari sekin ekanligi va Yevropa uslubi bilan ajralib turadi. Ammo ayrim insonlar uning zerikarli ekanligi ham aytishadi. Ha, shiddatli shovqin va kundalik sayrlardan xoli bo‘lgan mamlakat ko‘pchilikka yoqmasligi mumkin. Ammo ushbu orol-mamlakatning o‘ziga xos jihati ham aynan shunda! Bu yerning barcha tomonlari okean bilan o‘ralgani sababli yil davomida salqin havo harorati hukmron. Odamlar plyajlarga faqatgina sayr qilish uchun kelishadi. Aslida o‘lkaning boshqalarga ma’qul keladigan jihati ham shunda emasmi? Hamisha yam-yashil ko‘rinishdagi adirlar, yomg‘ir yog‘ib turgan romantik muhit, salqin shabada... Mamlakat o‘zining go‘zalligi bilan sizni rom qilib qo‘ya oladi.

 

 


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!