$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Fanga maʼlum boʻlgan eng gʻayrioddiy sindromlar haqida eshitganmisiz?

12:24 / 27.09.2022

Autizm, tushkunlik hamda shizofreniyadan tashqari odamlarda yoshi, millati va ruhiy holatiga bog‘liq ravishda turli holat va sindromlar kuzatilishi mumkin. Afsuski, ularning barchasini tibbiy malakalab bo‘lmaydi. Bugun biz sizlar bilan bu sindromlarning eng qiziqarlilarini ko‘rib chiqamiz. Ulardan ko‘pchiligi haligacha to‘liq o‘rganilmagan va to‘liq davolash imkoni mavjud emas.

Diogen sindromiga chalingan bemor olami

Bunday holatda odam o‘zligiga qamaladi: tushkunlik, ijtimoiy yopiqlikni ma’qul ko‘radi. Shu bilan birga ularda uyat hissi deyarli yo‘q. Inson jamoatchilikdan o‘zini olib qochib, uyida kerak-nokerak buyumlarni g‘amlayveradi. Kundalik gigiyena qoidalariga rioya etmagani uchun tashqi ko‘rinishi ham xunuklashib boradi. Bu odamlarning hammasini ham kambag‘al deb bo‘lmaydi. Diogen sindromiga chalingan bemorlar orasida pul sarflashdan qo‘rqadigan moliyaviy to‘kin erkak va ayollar ham mavjud. Ular biror yangi narsa xarid qilishni istamay, hamma eski narsalarni uylarida olib qolishadi.

Bu kasallik ko‘pincha kuchli tushkunlik va aqli zaiflik bilan birga kechadi. U asosan yoshi o‘tgan kishilarda uchrab, dunyo aholisining 3 foizini tashkil qiladi. Dori-darmonlar kasallikning ayrim belgilarinigina bartaraf etishi mumkin, butunlay tuzalishi uchun jamoat ishlarida faol qatnashishi lozim. Qiziqarli ma’lumot: qadimgi yunon faylasufi Diogenning o‘zi ham bu kasallik bilan og‘rimagan. Garchi, u bochkada yashagan bo‘lsa ham yuqori aqliy zakovat sohibi bo‘lgan.

Dorian Grey sindromi

Bu holat Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” romani qahramoni sharafiga nomlangan. Bemorlarda ham xuddi kitob qahramoni kabi holat kuzatiladi – qarishdan qo‘rqish. Shuning uchun ham bunday kishilar turli xil kosmetik vositalar sotib olishadi hamda turli plastik operatsiyalarni boshdan o‘tkazishadi. 

Gohida esa yoshiga mutlaqo yarashmaydigan kiyim-kechak sotib olishadi. Dorian Grey sindromi ko‘pincha o‘z-o‘ziga mahliyo bo‘lishdek tuyulsa ham, ayrim hollarda xavfli bo‘lishi mumkin. Chunki tashqi ko‘rinishidagi kichkina salbiy o‘zgarish ham odamni qattiq tushkunlikka tushiradi va hatto o‘z joniga qasd qilishga qadar olib borishi kuzatilgan. Bunday holat ko‘pincha doim omma e’tiborida bo‘ladigan odamlar: aktyor, musiqachi, xonanda kabilar bilan sodir bo‘lishi ehtimoli katta.

Stendal sindromi

San’at bilan bog‘liq eng g‘ayrioddiy sindrom. Ya’ni, odam muzey hamda suratlar galereyasida biror san’at asari bilan tanishib, undan qattiq ta’sirlanadi va gallyusinasiyaga tushib qoladi. Yoki o‘ziga xos biror tabiat, hayvon yoki chiroyli ayol suratini ko‘rib qolsa, hushidan ketib yiqilishi, hislari qaynab, o‘zini tutolmay qolishi, zamon va makonni unutishi ham mumkin. Shuningdek, bu kabi insonlarda yurak qattiq urib, taxikardiya paydo bo‘ladi. 

Mazkur sindrom Florensiya madaniy yodgorliklari bilan tanishayotganda hushidan ketib yiqilgan va tomir urishi tezlashgan fransuz yozuvchisi Stendal sharafiga shunday nomlangan. Stendal sindromi birinchi marta 1979-yilda Florensiyaga tashrif buyurgan sayyohlarda kuzatilgan. Ulardan ayrimlari muzey va suratlar galereyasiga kirganda o‘zini yo‘qotib, kartina va eksponatga zarar yetkazishga uringan. Bu kabi holatlar kamdan-kam yuz beradi, biroq florensiyalik muzey ishchilari aynan shunday insonlar bilan muomala qilish kursini ham o‘tashgan.

Mebius sindromi

Yuqorida keltirib o‘tilgan holatlardan farqli ravishda bu sindrom darhol ko‘zga tashlanadi, chunki odamning yuzida hech qanday hissiyot va mimika bo‘lmaydi. Bu tug‘ma anomaliya bosh miya nervlarining noto‘g‘ri rivojlanishi yoki falajligi oqibatida kelib chiqadi. Shuning uchun ham Mebius sindromiga chalingan kishilar doim niqobda yurgandek tuyuladi. Ular hech qachon jilmaya olmaydi va nimadir yoqmasa, norozilik ham izhor qilolmaydi. Shuningdek, bunday odamlar yutinishga ham qiynaladi.

Bu sindrom nemis nevropatologi Paul Mebius tomonidan 1892-yilda kashf etilgan. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, bu sindrom milliontadan 10 ta bolada uchraydi. Bu holat uncha ko‘p tarqalmagani uchun shifokorlar uni oxirigacha o‘rganib, davolash imkoniyatini topa olishmagan. Biroq kasallikning boshlang‘ich bosqichida terapiya hamda dori preparatlari yordamida kasallik belgilarini kamaytirish mumkin. Aytgancha, Mebius kasalligiga chalingan insonlar aqli zaif bo‘lmaydilar. Ular orasida shifokor va olimlar juda ko‘p uchrab, sog‘lom hayot tarzini kechirishadi.

Asperger sindromi

Yana bir juda kam o‘rganilgan sindrom. Bunda odam o‘z qobig‘iga qamalib olib, boshqalar his-tuyg‘ularini anglay olmaydi. Boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch keladi. Asperger sindromiga chalingan odam biror bir mashg‘ulotga boshi bilan sho‘ng‘iydi. Tadqiqotchilar uni sindrom emas, shaxsning o‘ziga xos holati sifatida baholashni taklif qilishadi. Hozirgacha ushbu holat davomida organizmda kechadigan biokimyoviy, gormonal yoki genetik belgilar topilmadi. Asperger sindromi Nikola Tesla va Isaak Nyuton, Stiv Jobs, Bill Geytslarda kuzatilgan.

Savanta sindromi

Agar siz “Yomg‘ir odami” filmini tomosha qilgan bo‘lsangiz, bunday holatdagi odamlar qanday bo‘lishini yaxshi bilasiz. Ular juda kuchli xotiraga ega bo‘lib, musiqa, san’at, arxitektura va aniq fanlarga qobiliyatli bo‘lishadi. Masalan, savanta sindromiga chalingan odamlar butun boshli kitoblarni yoddan aytib berishi, 2050-yilda 20-mayda haftaning qaysi kuni bo‘lishini bir soniyada aytib beradi. Ularni kompyuter-odam deb atashadi.

Savanta sindromining yaqqol namunasi Kim Pik hisoblanadi: u AQShning butun xaritasini yoddan bilgan va o‘rtacha kitobning bir sahifasini 8 soniyada o‘qiy olgan. Biroq bu belgilarning barchasini quvonchli deb bo‘lmaydi. Savanta sindromi o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi: odatda u autizm yoki boshqa biror ruhiy kasallik oqibatida namoyon bo‘ladi. Shu bois bu odamlarda boshqa ko‘nikmalar past rivojlangan bo‘ladi va ko‘pincha aqli zaiflik bilan birga kechadi.

Parij sindromi

Parij sindromi 80-yillarda Fransiyada ishlagan yapon psixiatri tomonidan aniqlangan. Yaponiyalik sayyohlar Parijga kelganlarida mahalliy aholi vakillari kutganlarini oqlamagani tufayli shok holatga tushib qolishgan. Oqibatda yaponlarda gallyusinasiya, xavotir, ko‘ngil aynishi va hatto taxikardiya kuzatilgan. Nega bunday bo‘ladi? Gap shundaki, ko‘pchilik yaponiyaliklar Parij bilan faqat kitob hamda romantik filmlar orqali tanish bo‘lishgan. Ular bu shaharga shaxsan tashrif buyurganida esa barcha fransuzlar ham chiroyli, nafosatli, ziyoli emasligiga guvoh bo‘lishadi. Bu ular uchun jiddiy ruhiy zarba bo‘ladi. Hozirgacha Yaponiya elchixonasida Parij sindromidan aziyat chekkan insonlar uchun ishonch telefonlari ishlab turibdi. 

Stokgolm sindromi

Inson o‘zini o‘g‘irlab ketgan odamni yoqtirib qolishi mumkinmi? Afsuski, bunday holatlar uchrab turadi. O‘z nomini sindrom 1976-yilda Stokgolmdagi bank o‘g‘irligidan so‘ng olgan. O‘shanda jinoyatchi Yan Erik Ulsson odamlarni olti kun garovda saqlab, hamtovog‘i Klark Ulofssonni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Oqibatda maxsus operatsiya chog‘ida politsiya barcha asirlarni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq shundan so‘ng garovdagilarning ko‘pchiligi jinoyatchilardan emas, politsiyadan ko‘proq qo‘rqishganini tan olishdi.

Shu bilan barchasi tugagan, deb o‘ylaysizmi? Unday emas. Jinoyatchining hamtovog‘i Klark Ulofsson garovdagilar ko‘rsatmalari asosida do‘stiga yordam bermay, odamlarni qutqarishga uringanini isbotladi va ozodlikka chiqdi. Sud asosiy aybdorni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Biroq u turmada ham garovga olinganlar bilan faol yozishmalar olib borgan. Keyinchalik FQB ushbu sindromni o‘rganib chiqib, 1200 ta holatdan 8 foizida asirlar Stokgolm sindromiga chalinishlarini aniqlashdi. Tadqiqotchilar qurbon va zo‘ravon orasidagi iliq munosabat garovdagilar o‘limi foizini kamaytirib, ularning ozod bo‘lish ehtimolini kamaytirishini isbotladilar.

Kotar sindromi

Bu holat eng g‘ayrioddiy ruhiy buzilish hisoblanadi. Kotar sindromiga chalingan kishilar go‘yo qon yo‘qotgan yoki ichki organlari bo‘lmagani tufayli o‘zlarini o‘lgan, deb hisoblaydi. Bu sindromning ikkinchi nomi – “sayr qiluvchi murdalar”. Dastlab bu holat 1880-yilda fransuz nevrologi Jyul Kotar tomonidan aniqlangan. U tanasida ayrim organlar yo‘qligi uchun ovqat yeyishim shart emas, deb hisoblaydigan bir ayolga duch kelgandi. Turli muolajalardan keyin ham uni ovqat yeyishga ko‘ndirib bo‘lmadi va ayol ochlikdan vafot etdi. Bu holat juda kam kuzatilgani bois yetarlicha o‘rganilmagan va uni davolash imkoni ham mavjud emas. 

 

 


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!