“Marvel” kinokompaniyasi “Fantastik to‘rtlik” filmiga kim rejissyorlik qilishini ma’lum qildi. Yaqin manbalarga ko‘ra, Mett Shekman ushbu filmga rahbarlik qilish taklifini olgan.
U allaqachon “Marvel” bilan ishlash tajribasiga ega. Rejissyor avval “VandaVision” filmini yaratishda ishtirok etgan. Shuningdek, u “Bolalar”, “Taxtlar o‘yini”, “Merosxo‘rlar” va boshqa mashhur loyihalar ustida ishlagan.
Eslatib o'tamiz, Jonatan Uotts bir muncha vaqt “Fantastik to'rtlik”ning rejissyori bo'lgan, ammo u oxir-oqibat ishtirok etishdan bosh tortgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!