Farg‘ona shahrida tarkibida 15, 18 va 20 yoshli yigitlar bo‘lgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, avval Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan sudlangan 2004-yilda tug‘ilgan shaxs jinoiy guruh tuzib, uning faoliyatini boshqarib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolari Qirguli dahasidagi maktab o‘quvchilari va fuqarolarni qo‘rqitib, tan jarohati yetkazish bilan tahdid qilgan. Ular telefon va boshqa moddiy qimmatliklarni o‘g‘rilik, firibgarlik hamda talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, jinoiy guruh tarkibiga boshqa shaxslarni jalb qilishga ham muntazam urinishlar bo‘lgani qayd etildi.
Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida guruh a’zolari qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Ulardan uyali aloqa vositalari, gashish moddasi va sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!