O‘zbekiston 2026-yil yanvar oyida xorijga 99,4 mln AQSh dollari qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda jami 106,8 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshgan. Mazkur mahsulotlar umumiy eksport hajmining 5,9 foizini tashkil etgan.
Eksport tarkibida 31,3 ming tonna meva va rezavorlar, 36,7 ming tonna sabzavotlar, 9,4 ming tonna mosh, 2,4 ming tonna yeryong‘oq va boshqa yong‘oqlar hamda 26,8 ming tonna boshqa turdagi mahsulotlar qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!