$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Farzandingiz ulgʻayguniga qadar unga aytishingiz shart boʻlgan 10 ta gap

13:31 / 31.10.2022

Ba’zan sayohatlarni yoki yangi xonadonning ichki ta’mirini qanchalar ehtiyotkorlik bilan rejalashtiramiz. Bundan muhimroq narsa – bola tarbiyasini-chi?! Bu borada puxta o‘ylangan rejamiz bormi? Agar bunday bo‘lmasa, yozuvchi va ikki farzandning onasi Lindsi Midning misolidan ilhom olishingiz mumkin. U farzandlari 10 yoshga to‘lguniga qadar quyidagilarni aytishni rejalashtirgan.

Boshqalarni hurmat qil. Erkaklarni ham, ayollarni ham.
Maktab direktori va metrodagi uysiz odam bir xil hurmatga loyiq. Sen buni avvaldan instinktiv ravishda qilasan. Iltimos, ushbu prinsipni hech qachon o‘zgartirma.

Jismoniy faollik – ajoyib va quvonchli jarayon.
Ba’zida jim bo‘lishga undashim rost, chunki tinchlikni ma’qul ko‘raman, ammo buning ustida ishlayapman. Jismoniy faollik – butunlay normal holat. Ammo chegaralar ham bor: jismoniy zo‘rlik – normal emas. Chegara qayerdan o‘tishini bilish juda muhim.

Yo‘q – demak yo‘q. Nuqta.
Kim nima uchun “yo‘q” deyotgani muhim emas. 

Ta’sirchan ekaningni yashirma.
Hissiyotlaringni bostirma. Bir vaqtning o‘zida ham kuchli, ham ta’sirchan bo‘lishing mumkin. Aslida hissiyotga boy bo‘lish seni kuchliroq qiladi. Bu o‘g‘il bolalarga ham, qiz bolalarga ham tegishli.  

Boshqa bir odamni baxtli qilolmaysan – na meni, na dadangni, na singlingni. Hech kimni.
Bu seni majburiyating emas. Hammamiz buni bilamiz, sen ham buni yodingda tutasan, deb umid qilamiz.
Kimdir o‘z baxti uchun javobgarlikni seni zimmangga yuklashiga yo‘l qo‘yma.

O‘z hayotingga e’tiborli bo‘l.
Kunning har lahzasida qanchadan-qancha detallar bor. Atrofga e’tibor bilan nazar solar ekanmiz, mukofot sifatida hayotga to‘la kunlarni va boy xotiralarni olamiz. 

Seni o‘ziga jalb qiladigan narsani top. 
Bu nima bo‘lishi muhim emas. Atrofingda qanchadan-qancha o‘rganish, bilish va sinash uchun qiziqarli narsalar bor. Har qanday mashg‘ulotingni qo‘llab-quvvatlayman, xokkeymi u, dasturlashmi, skripka chalishmi, farqi yo‘q. Biroq chin dildan qiziqadigan narsangni topishingni istayman. 

Noshukrlikdan-da yomon narsa yo‘q.
Men qattiqqo‘l onaman, garchi jazo berish yoki urishim qiyin bo‘lsa-da. Ammo noshukrlikning mayda bir ko‘rinishini sezsam, darhol javob beraman (afsuslanmasdan). Senda kamdan-kam bunday holat bo‘ladi va tabiatan bunday emasligingga ishonaman.
Iltimos, har doim omadimiz borligi esingda bo‘lsin. Har kuni yashayotganimiz katta sharafdir. Kichik yakshanba sovg‘alari, volontyorlik, uysizlarga yordam berish, minnatdorlik qog‘ozchalari – bizning oilamiz kabi yashash naqadar katta baxt ekanligini ko‘rsatishga harakat qildim. Bu noshukrlikka qarshi eng yaxshi emlash.

Hatto biror narsa qilishni boshlamasang ham, xato qilishing mumkin.
Martin Lyuter Kingning bir gapini har doim eslayman: “Do‘stlarimizning sukut saqlashi dushmanlarimizning so‘zlaridan ko‘proq zarar yetkazadi”. Buzg‘unchi guruh rahbarini ayblash kerak, lekin unga ergashganlar ham aybdor. Ko‘zga ko‘ringan bolalar yomon ish qilishganda ularga qarshilik ko‘rsatishdan qo‘rqma.

Seni nima bo‘lishidan qat’i nazar yaxshi ko‘raman.
Xatolar – hayotning bir qismidir. Agar xato qilsang ham seni yaxshi ko‘raman. Biror narsani o‘rganish uchun o‘tmishni qo‘yib yuborib, qaytadan boshlash kerak. Men buni o‘zimning misolim bilan ko‘rsatdim, ehtimol juda aniq ko‘rsatdim: sizlarni o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatishdan qo‘rqmaydigan, xato qilishdan, kechirim so‘rashdan va yana qayta boshlashdan qo‘rqmaydigan ona tarbiyalamoqda

 

 


Foydali


														
														Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Yuz yoshdan oshish mumkin, agar...

Tadqiqotchilar ushbu usul 120-yilgacha umr ko‘rishni ta’minlovchi muhim omilga aylanishi mumkin, deyishmoqda.
10:26 / 03.04.2024

														
														Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Terining tez qarishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Buning uchun kunlik menyuda teriga foydali bo‘lgan oziq-ovqat va vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
13:35 / 27.03.2024

														
														Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Magnit bo‘roni vaqtida nima qilish kerak?

Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
15:40 / 25.03.2024

														
														JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti.
14:44 / 25.03.2024

														
														Uzoq umr ko‘rish shartlari

Uzoq umr ko‘rish shartlari

Ekspert fikricha, uzoq va sog‘lom hayotga yetaklovchi yana bir muhim omil to‘g‘ri ovqatlanish.
10:01 / 20.03.2024

														
														Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Limonning siqib olingan suvi sepkillarni ketkazadi

Terini yoshartiruvchi tavsiyalar
11:20 / 19.03.2024

														
														Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Qon tomirlarining ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor kashf etildi

Tadqiqot muallifi Ley Sining ta’kidlashicha, bu tibbiyotda amaliy foydalanish uchun mos bo‘lgan dunyodagi birinchi fotoakust…
15:55 / 18.03.2024

														
														Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Navro‘z munosabati bilan kinosaroylarda bepul film ko‘rishingiz mumkin

Bayram tuhfasi sifatida filmlarning kinoteatrlardagi namoyishi 18-24-mart kunlari o‘tkaziladi.
16:24 / 17.03.2024

														
														BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD yangi “urush” boshlamoqda

BYD 2 ming km masofani bosib o‘tish imkonini beruvchi gibrid avtomobillarini ishlab chiqmoqchi.
14:04 / 15.03.2024

														
														Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Qozog‘istonda surrogat onalikdan kimlar foydalana oladi va qancha turadi?

Surrogat onani topishning ikkinchi varianti - reproduktiv tibbiyot klinikalari.
15:13 / 03.03.2024

Bu ham qiziq

Endi kameralar suratga qarab she’rlar yaratadi

Endi kameralar suratga qarab she’rlar yaratadi

Kamera uning obyektiviga nima kirganini tom ma’noda tasvirlaydi.
09:23 / 25.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!