$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Farzandni qanday qilib sportga qiziqtirish mumkin?

18:17 / 18.05.2022

Sport o‘zini jismoniy va ruhiy jihatdan ajoyib his qilishga yordam beradigan universal vositadir. Sport, ayniqsa, bolalar uchun foydalidir. Sport bilan shug‘ullanayotganda, bola jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi va bundan tashqari, yangi do‘stlar orttiradi, jamoaning bir qismi bo‘lishni, adolatli o‘yin tamoyillarini o‘rganadi, o‘zini o‘zi qadrlaydi va zavqlanadi. 

Mutaxassislarning fikricha, bolalarda sportga mehr uyg‘otish uchun shaxsan o‘rnak bo‘lish kerak. Bolalarni sport bilan shug‘ullanishga odatlantirish imkonini beruvchi ikkinchi eng samarali omil – buning uchun sharoit yaratishdir. Oilaviy vaqtingizni shunday o‘tkazingki, bola sport maydonchasida o‘ynash, velosiped haydash yoki to‘p tashlash imkoniyatiga ega bo‘lsin. 

Farzandingizga sportni hayotining bir qismiga aylantirishga yordam berish uchun sizga nimalar kerak?

• o‘zingiz namuna bo‘ling;
• bolangiz bilan birgalikda sport bilan shug‘ullaning;
• sport bilan shug‘ullanishiga imkon bering;
• majburlashdan ko‘ra ilhomlantiring.

Bundan tashqari, ushbu yondashuvlarning barchasini birlashtirish muhimdir.

O‘rnak bo‘ling 

Esda tutingki, bolalar birinchi navbatda ota-onalari va tengdoshlariga qarash orqali hamma narsani, shu jumladan hayotni tushunishni o‘zlashtiradilar. Shuning uchun, agar siz butun dam olish kunlari divanda yotsangiz va ish kunlari ertalabdan kechgacha ishlasangiz, sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt qoldirmasangiz, bolangiz buni kundalik rejimidan chiqarib tashlashi mumkin. 

Agar siz o‘zingizni ish bilan band deb hisoblasangiz, haftada bir kunni sport zaliga ajrating. Buni ko‘rgan bola, vaqt kam bo‘lsa ham, sport bilan shug‘ullanish uchun doimo imkoniyat borligini tushunadi. Qish kelganda, ochiq sport maydonchasida haftalik mashg‘ulotlardan voz kechmang, balki sport zali toping. Shunday qilib, siz ob-havo sportga to‘sqinlik qilmasligini ko‘rsatasiz. Birgalikda, bu bolaga, agar xohlasa, har qanday noqulay vaziyatlarni yengib o‘tish mumkinligini tushuntiradi. 

Oilaviy harakatlar munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Sport intizomini tanlashda moslashuvchan bo‘ling — o‘zingiz va bolangiz uchun. Ehtimol, sport bilan shug‘ullanish unga mos kelmas. Variantlarni saralayotganingizda, avval shunchaki yuguring: olimlar yugurganingizda endorfinlar — baxt gormonlari ajralib chiqishini aniqladilar. Agar bu odat bo‘lib qolsa, bolangiz bilan uzoq masofaga poygada qatnashing. 

Farzandingizni o‘zingiz bilan olib boring

Bolalar mashg‘ulotlar orqali o‘rganganligi sababli, sportni sog‘liq uchun foydali deb aytish ular uchun yetarli emas. Sport ularga ko‘p jihatdan qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatish ularni sportga jalb etish uchun juda katta turtki bo‘ladi. Farzandingizga mashg‘ulotdan oldin va keyin kundalik vazifalarini, masalan, maktabdagi uy vazifalarini qanday bajarishi haqida eslatib turing. Qachonki, uning o‘zi yaxshi mashqdan keyin miyasi yaxshi ishlayotganini his qilsa, u keyingi mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishga yo‘l qo‘ymaydi. 

Ijobiy his-tuyg‘ularni ko‘rsating

Bolalar, ular bilan shug‘ullanadigan kishilarning qiziqishini uyg‘otadigan faoliyatga ko‘proq qiziqish bildiradilar. Boshqacha qilib aytganda, agar siz oila a’zolari bilan o‘ynasangiz va undan zavqlansangiz, bola sizni o‘ziga tortadi. Jismoniy mashqlarni juda jiddiy qabul qilishdan saqlaning. Sport birgalikda o‘tkazadigan yoqimli vaqt bo‘lsin. 

Mashhur sport turlari asosida o‘z mini-o‘yinlaringizni yarating

O‘lchami 28 m ga 15 m bo‘lgan basketbol maydonida, bolaga u halqadan bu halqaga yugurish taklif etilsa,  uni bundan zavq olishi dargumonligini, hamma tushunadi. To‘pni savatga tushirish, to‘pni raqibdan aylanib olib o‘tish kabi kichik basketbol o‘yinlari ancha qiziqarli. Har bir sport turida bunday o‘yinlar mavjud. 

Bolalar do‘stlarini taklif qilishlariga ruxsat bering

Bolalar bir-birlari bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radilar. Farzandingizning do‘stlari sport bo‘limiga borishsa, ular uni o‘zlari bilan birga olib borishlariga ruxsat bering. Uyingizni sport nuqtai nazaridan qanday qilib jihozlashingiz mumkinligini ko‘rib chiqing. Keyin bolangizning do‘stlari bu yerga faqatgina kompyuter o‘yinlarini o‘ynash uchun kelishmaydi. Masalan, basketbol savatini osib qo‘ying yoki futbol uchun yangi darvoza o‘rnating.

Ko‘ngilsizliklarga qaramay, mashq qilish istagingizni saqlang

Sportda hayotda bo‘lgani kabi, mag‘lubiyat ham jarayonning ajralmas qismidir. Treningdan keyin sportning ularda yomon taassurot qoldirmasligi muhimdir. Farzandingiz sportni salbiy his-tuyg‘ular bilan bog‘lashiga yo‘l qo‘ymang. Buning uchun butun oila bilan mashg‘ulot paytida e’tiboringizni natijaga emas, balki jarayonga, o‘yinning o‘ziga qarating. Bolangiz sport stress keltirmasligiga, aksincha, uni yengillashtirishiga ishonch hosil qilishi kerak.

Sport to‘garaklariga ro‘yxatdan o‘ting

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar qanchalik ko‘p to‘garaklarda qatnashsa, ular shunchalik yaxshi o‘rganadilar. Buning sababi shundaki, cheklangan vaqtga ega bo‘lgan bola vazifalarini tezroq bajarishga harakat qiladi. Misol uchun, mashg‘ulotdan oldin bir yarim soat bo‘lsa, keyin uy vazifasini bajarishga vaqt qolmasa, u diqqatni jamlagan holda vazifalarni tez va samarali bajaradi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlar bolani ko‘chaning keraksiz ta’siridan himoya qilishga imkon beradi. 

Sport mashg‘ulotlarini o‘zgartirib turing

Esda tutingki, bola qisqa vaqt ichida diqqatini jamlay oladi. Shuning uchun imkon qadar tez-tez sport mashg‘ulotlarini o‘zgartiring. Reaksiyaga diqqat bilan e’tibor bering va zerikishning birinchi belgilarini ko‘rganingizda, yangi narsalarni sinab ko‘ring. 

Sport ko‘rsatuvlarini tomosha qiling

Musobaqani televizorda yoki tribunada tomosha qilyapsizmi, bu bola uchun sportchini sevib qolish va unga o‘xshashga harakat qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Farzandingiz yoqtiradigan sport turi bo‘yicha namunaga ega bo‘lish o‘yinga qiziqishni rivojlantirish va saqlab qolishning muhim elementidir.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!