“Faxriylar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, muayyan soha yoki kasbda uzoq yillar davomida vijdonan va namunali mehnat qilgan, davlat hamda jamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lgan fuqarolarga “faxriy” maqomi berilishi belgilangan.
Mazkur maqomga ega shaxslarga bir qator ijtimoiy imtiyozlar taqdim etiladi. Jumladan:
— sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish,
— uy-joy kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya olish,
— soliq va pensiya bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish huquqi beriladi.
Shuningdek, faxriylarning ambulator davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanishi, madaniyat va ko‘ngilochar muassasalar, jumladan sport obyektlari, teatrlar va muzeylarning pulli xizmatlaridan chegirmalar asosida foydalanishi ham nazarda tutilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!