Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligi rahbari xo‘jalikka tegishli 7,7 gektar yer maydonini fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 million so‘m talab qilgani aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, u ushbu mablag‘ning 520 million so‘mini oldindan olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fermer qolgan 280 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!