O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish mumkin bo‘ldi.
Buning uchun foydalanuvchi “Sog‘liqni saqlash” bo‘limiga kirib, “086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish” xizmatini tanlashi kerak. Hujjat faqat tegishli tibbiyot muassasasida shifokor ko‘rigidan o‘tilgandan so‘ng shakllantiriladi.
Xizmat bepul bo‘lib, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Ilgari ushbu ma’lumotnomani olish uchun fuqarolar tibbiyot muassasasiga qayta borib, navbat kutishga majbur bo‘lgan. Endilikda jarayon to‘liq raqamlashtirildi.
Mazkur ma’lumotnoma abituriyentlar, ishga kiruvchilar, sportchilar, sudya lavozimiga nomzodlar hamda ijtimoiy muassasalarga yo‘llanma oluvchilar uchun rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!