FIFAda 14-fevral, seshanba kuni onlayn-yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda qator masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda keltirilishicha, FIFA moliyaviy hisobotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, tashkilot 2019—2022-yillar oraligʻida rekord darajada, 7,6 milliard dollar daromad qilgan.
Shuningdek, FIFA 2023—2026-yillar oraligʻida daromadni 11 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgani aytildi.
Maʼlum qilinishicha, Saudiya Arabistoni klublar oʻrtasidagi 2023-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Musobaqa joriy yilning 12—22-dekabr kunlari oʻtkaziladi. Unda amaldagi formatda boʻlgani kabi 7 ta jamoa ishtirok etadi.
Shuningdek, onlayn-yigʻilishda futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining yangilangan formatiga oid ayrim tafsilotlar maʼlum qilindi.
Unga koʻra, musobaqada 32 ta klub ishtirok etadi. Kvotalar esa quyidagicha taqsimlanadi:
Yevropa — 12 ta klub
Janubiy Amerika — 6
Osiyo — 4
Afrika — 4
Shimoliy Amerika — 4
Okeaniya — 1
Mezbon jamoa — 1
Yangi formatdagi musobaqaning dastlabkisi 2025-yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, JCh—2026 mezbonlari Kanada, Meksika va AQShga mundial yoʻllanmasi toʻgʻridan-toʻgʻri berilgani bois Shimoliy Amerika mintaqasiga ajratilgan kvotalar soni 6 tadan uchtaga qisqaradi.
JCh—2030 mezboni nomi 2024-yilning uchinchi kvartalida eʼlon qilinadi. Mezbonlikka ariza topshirish esa 2023-yilning iyuniga qadar davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!