“Universal Pictures” kinokompaniyasi “Forsaj 10” (“Tezkor yovuzlar”) jangari filmining birinchi treylerini chop etdi. Ushbu video studiyaning You Tube kanalida mavjud.
Tomoshabinlarga kartinadagi juda ko‘p harakatlar taqdim etildi va Pol Uoker CGI texnologiyasi (kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan tasvir) tufayli “qaytib keladi”. Franshizada Brayan O’Konner rolini ijro etgan aktyor 2013-yilda avtohalokat tufayli vafot etgan. Shuningdek, tomoshabinlar Jeyson Momoa (“Akvamen”) o‘ynagan yubiley qismda uni antagonist (asosiy raqib) sifatida ko‘rishlari mumkin.
Kartina premyerasi jori yyilning 19-may kuni bo‘lib o‘tadi va film seriyasining so‘nggidan avvalgi hal qiluvchi qismi bo‘ladi. O‘ninchi film voqealari qanday yakun topishi esa hali ma’lum emas.
Film, har doimgidek, yulduzli aktyorlarga boy: Vin Dizel (Dominik), Mishel Rodriges (Letti), Xelen Mirren (Kvinni), Tayris Gibson (Roman), Natali Emmanuel (Remsi), Ludakris (Tej), Sharles Teron (Sayfer), Jon Sena (Yakob) va Sung Kang (Xan Li). Shuningdek, ular safiga Jeyson Momoa (Dante), Bri Larson (Tess) va Jeyson Stetxem (Shou) qo‘shiladi.
Loyiha rejissyori “Aldash illyuziyasi”, “Tashuvchi” hamda “Asteriks va Obeliks: Kleopatra missiyasi” filmlari orqali tanilgan Lui Leterer hisoblanadi.
To‘rt daqiqalik videoda mualliflar kartina voqealarining deyarli to‘liq syujetini ko‘rsatishdi: Dante (Jeyson Momoa) ismli noma’lum personaj Dominik Toretto va uning oilasidan o‘tmishdagi xatolar uchun qasos olmoqchi bo‘ladi, ammo uning yaqinlari asosiy qahramonni himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga tayyor.
Xabarlarga ko‘ra “Forsaj” filmining o‘n birinchi qismi uzoq yillik loyiha tarixini yakunlaydi.
Qayd etish mumkin, “Forsaj” 2001-yildan 2021-yilgacha chiqarilgan o‘nta badiiy va ikkita qisqa metrajli filmdan iborat Amerika media loyihasi hisoblanadi. Bu “Universal Pictures” studiyasining eng yirik va eng daromadli franshizasi bo‘lib, barcha qismlarning butun dunyo bo‘ylab daromadi 6,6 milliard dollardan oshadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!