Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, developerlar tomonidan obyektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.
Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.
“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.
Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlangan. Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!