Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Eronning Kish shahrida bir vaqtning oʻzida nogiron-amputantlar oʻrtasida Osiyo chempionati hamda Jahon chempionatining Gʻarbiy Osiyo mintaqasi saralash bahslari davom etmoqda.
Unda Eron, Iroq, Falastin va Hindiston terma jamoalari bilan bir qatorda Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti.
Kecha Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasidagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Vakillarimiz hindistonlik raqiblarini ayab oʻtirishmadi, uchrashuv 23:0 hisobida Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi foydasiga hal boʻldi.
Bugun esa amputantlarimiz Falastinga qarshi maydonga tushib, yana yirik, 5:0 hisobida raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻlishdi.
Qayd etish mumkin, ertaga 8-mart sanasida vakillarimiz Iroq hamda Eron termalariga qarshi maydonga chiqishadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!