Rossiyalik taniqli teleboshlovchi va qiziqchi Maksim Galkin “Birinchi kanal”dan ishdan haydaldi. U oxirgi besh yil mobaynida boshlovchilik qilgan “Bugun oqshomda” teledasturini tark etdi.
Rossiya televideniyesida efirga uzatilgan koʻrsatuvlarning birida sanʼatkor va boshlovchilar Maksim Galkinni Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarni tanqid qilgani uchun qoralab chiqishdi. Qator rus axborot agentliklarining bosh muharriri boʻlmish Margarita Simonyan Maksim Galkinni efirda gey deya atadi va uning boyish maqsadida keksa ayolga uylanib olganini aytdi.
Maksim Galkin Odessaga hujum uyushtirilgan vaqtda halok boʻlgan 3 oylik chaqaloqning oʻlimi haqida gapirib, Rossiya hukumati harakatlarini qoralagan edi. Hujum vaqtida 3 oylik chaqaloq, uning onasi va buvisi halok boʻlgan. Maksim Galkin pravoslavlar uchun muqaddas hisoblanmish Pasxa bayrami kunlarida ibodat bilan Yaratganga yuzlanib, shu bilan bir vaqtga qanotli raketalar bilan odamlarning oʻlimiga sabab boʻlayotgan barchaga yuzlangan, ularni keskin tanqid qilgan va halok boʻlganlarning yaqinlariga taʼziya izhor etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!