$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Gʻarb demokratiyasining ibtidosi. Buyuk erkinlik xartiyasi insoniyatga nima berdi?

15:26 / 26.03.2022

“Hukumat xalqdan qoʻrqsa adolat boʻladi. Xalq hukumatdan qoʻrqsa zolimlik boʻladi”.

Tomas Jefferson

1215-yil, Angliya. 16 yildan buyon mamlakatni qirol Ioann boshqarib kelmoqda. Angliya tarixidagi eng zolim qirollardan biri hisoblangan Ioaan, Fransiya bilan boʻlgan urushdagi magʻlubiyati bilan tanilgan edi. U baronlarga katta-katta soliqlar solib, ularga tajovuz qilardi. Bunday adolatsizliklarga chiday olmagan zodagonlar va xalq oxir-oqibat qirolga qarshi bosh koʻtardi. Natijada Angliyada fuqarolar urushi boshlanib ketdi.

Bu urushda qirol mag‘lubiyatga uchradi. U maʼlum shartlar asosida taxtni o‘zida saqlab qoldi. 1215-yilning 15-iyul kuni Ranimut yaylovida qirol “Buyuk erkinlik xartiyasi” deb nomlangan hujjatni imzoladi. Xartiya qirol hokimiyatini tiyib turuvchi ilk hujjat sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Asrlar oʻtib “Buyuk erkinlik xartiyasi” Gʻarb demokratiyasi uchun tamal toshi boʻlib xizmat qildi.

Bu galgi maqolamizda bundan VIII asr oldin Angliyada qirollarni tiyib turish uchun imzolangan Buyuk erkinlik xartiyasi va uning ahamiyati haqida soʻz yuritamiz.

XIII asr boshida Angliya

XIII asrning boshlarida Angliyada feodal davlatning yangi tabaqa monarxiyasiga o‘tish uchun qulay va obyektiv shart-sharoitlar vujudga keldi. Biroq qirol hokimiyati o‘z mavqeini  mustahkamlab, hukmron tabaqa vakillarining davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal etishini unchalik istamasdi. Genrix IIning tashqi siyosatda mag‘lubiyatga uchragan avlodlari davrida monarx hokimiyati haddidan oshib ketdi. Shunday vaziyatda Angliyada ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar kelib chiqdi. Mazkur harakatga baronlar boshchilik qildi.

Ularga vaqti-vaqti bilan ritsarlar va frigolderlar (O‘rta asrlarda Angliyadagi feodal yer egalari) qo‘shildi. Qirolga qarshi chiqishlarning ijtimoiy xarakteri XIII asrdagi siyosiy ziddiyatlarning o‘ziga hos xususiyati bo‘ldi. XIII asrdagi ijtimoiy chiqishlar XI-XII asrdagi baronlar isyonlaridan farq qilardi.

Angliyada qirol Richard I (1189-1199) va Ioann Yersiz (1199-1216) davrida qirol hokimiyati zaiflashib qoldi. Qirol Richard I Angliyada deyarli yashamadi. U taxtga oʻtirgach qilichini yalangʻochlab, Sharq tomonga ot surdi. Qirol Richard I salib yurishlarida va Fransiyaga qarshi boʻlgan urushda qatnashib umr oʻtkazdi. Shuning uchun ham tarixchilar uni solnomalarda “Richard Sheryurak” deb atashadi.

Normand - King John Signing Magna Charta.jpg

Richard I oʻlimidan soʻng taxtga uning ukasi Ioann oʻtirdi. U Fransiyaga qarshi urushni davom ettirdi. Ammo bu urushda Angliya doim magʻlubiyatga uchradi. Buning natijasida Angliya Normandiya, Anjuli va Fransiyadagi boshqa bir qancha yerlaridan mahrum boʻldi. Shu bois tarixchilar qirol Ioannga “Yersiz” degan laqabni berishgan. Bundan tashqari qirol Ioann Kenterbedi arxiyepiskopini saylash masalasida Rim Papasi Innokentiy III bilan urishib qoldi. 1208-yilda Papa qirol Ioanni cherkovdan quvib, butun Angliyada ibodat qilishni man etdi. Shundan soʻng xalq ham qirolni qoʻllab-quvvatlamay qoʻydi.  Taxtdan ajralib qolishdan qoʻrqib ketgan qirol Ioann Papaga taslim boʻldi. U oʻzini Papaning vassali deb tan oldi va har yili Papaning xazinasiga bir ming funt sterling miqdorida xiroj toʻlash majburiyatini oldi.

Erkinlik uchun kurashning boshlanishi

Papa bilan toʻqnashuvdagi muvaffaqiyatsizlik mamlakatda qirolning obroʻ-eʼtiborini juda pasaytirib yubordi. Bu ham yetmaganidek, 1214-yilning 27-iyul kuni Bouvine jangida Angliya qoʻshinlari qaqshatqich magʻlubiyatga uchrab, Fransiyadagi mulklaridan mosuvo boʻldi. Shunday bir sharoitda qirol Ioann xalqqa katta soliq soldi. Qirol va uning amaldorlari tomonidan qilingan har xil tamagirliklar, nohaq soliq yigʻishlar va zoʻravonliklar jamiyatdagi barcha qatlam vakillarining noroziligiga sabab boʻldi.

Qirolning bu talablari ayniqsa ingliz zodagonlarini gʻazablantirib yubordi. Birinchi boʻlib Shimoliy baronlar katta soliq toʻlashdan qatʼiy bosh tortdi. Ularga boshqa feodallar ham qoʻshildi. 1215-yilning yozida Ioannga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Qoʻzgʻolonda eng yirik baronlar, ritsarlar, hatto London shahri aholisi ham qatnashdi. Natijada qirol yengildi. 1215-yil 15-iyul kuni qirol Ioann “Buyuk erkinlik xartiyasi” deb nomlangan siyosiy hujjatga imzo chekishga majbur boʻldi.

Angliyadagi 1215-yildagi qo‘zg‘olon  XIII asr oxirlaridagi ziddiyatlarning asosiy poydevoriga aylandi. Bu kurashlarning birinchisida “Buyuk erkinlik xartiyasi” qabul qilingan bo‘lsa, ikkinchisida Angliyada parlament vujudga keldi.

Buyuk ozodlik xartiyasi qanday hujjat?

Buyuk ozodlik xartiyasi 63 moddadan iborat katta siyosiy hujjat boʻlib, u lotin tilida yozilgan. Xartiya asosan feodallar sinfining manfaatlarini koʻzda tutuvchi koʻpdan-koʻp yon berishlar va imtiyozlarni oʻz ichiga olgan. U baron va feodallarga yerlarini oʻz avlodiga meros qilib qoldirishni hamda qirolga odatdagidek toʻlov toʻlashni taqozo qilar edi. Baronlarga imtiyozli boʻlgan tenglar sudi (perlar sudi) topshirildi. Xartiyaning 38-moddasiga koʻra, tenglar sudining qonuniy hukmidan va mamlakat qonunlaridan tashqari mamlakatdagi birorta erkin kishi qamoqqa olinmaydigan, avaxtaga tashlanmaydigan, mol-mulkidan mahrum etilmaydigan boʻldi. Bu modda avvalo feodallarga tegishli edi.

Xartiyaning barcha moddalari uch guruhga bo‘lingan:

Birinchi – Turli ijtimoiy guruhlarning moddiy manfaatlariga taalluqli moddalar.

Ikkinchi – Angliya qirolligi davlat mexanizmini isloh qiluvchi va “konstitutsion” deb ataluvchi moddalar.

Uchinchi – Sud-ma’muriy apparat faoliyati tamoyillarini o‘rnatuvchi moddalar.

A Chronicle of England - Page 226 - John Signs the Great Charter.jpg

Baron va ritsarlardan iborat Buyuk qirollik kengashi tuzildi. Shu kengashning roziligidan keyingina qirol feodallardan qoʻshimcha mablagʻ olishi mumkin edi. Buyuk qirollik kengashi vaqt oʻtishi bilan ingliz parlamentiga aylandi. Bu parlamentda fransuzlarning general shtatlaridagiga oʻxshash mamlakatdagi uch toifaning vakillari bor edi. 

61-moddaga koʻra, agar qirol xartiyada belgilab qoʻyilgan moddalarga rioya qilmasa, baronlar qirolga qarshi qoʻzgʻolon qilish huquqiga ega bo‘lgan. Xartiya shaharlarga oʻz-oʻzini idora qilish huquqini berdi. Unga koʻra, shaharlar erkin tarzda ichki va tashqi savdo bilan shugʻullanishi mumkin edi.

Buyuk erkinlik xartiyasida shaharliklarning ham talablari hisobga olingan. Bu uchinchi toifa vakillariga birinchi marta siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishga imkon berdi. Shundan so‘ng feodallar ham ular bilan hisoblashishga majbur boʻldi. 

Erkinlik xartiyasining ahamiyati

Birmingem universiteti professori Adrian Kempbellning soʻzlariga koʻra, Buyuk erkinlik xartiyasi insonlarga erkinlikni qaytarish uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qilgan. Xartiya jamiyat ongiga “hech kim qonundan ustun boʻlolmaydi. Hatto qirol ham”, degan tushunchani singdirdi.

XVII asrda buyuk huquqshunos Edvard Kok Angliyada qirolning rolini kamaytirish va parlament kuchini oshirish uchun aynan Buyuk erkinlik xartiyasidan foydalandi. Bundan tashqari, shuni ham aytish kerakki, Amerika konstitutsiyasi aynan Buyuk erkinlik xartiyasi asosida tuzilgan.

Mashhur ingliz tarixchisi Saymon Shama xartiya haqida shunday degandi:

“Buyuk erkinlik xartiyasi bu – erkinlikning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi emas, balki despotizm (diktatura boshqaruvining asosiy xususiyatlaridan biri)ning oʻlim guvohnomasidir”.

Eng mashhur ingliz sudyalaridan biri Lord Den Buyuk erkinlik xartiyasini “barcha davrlarning eng buyuk konstitutsiyaviy hujjati, despotizm va oʻzboshimchaliklarga qarshi shaxs erkinligining poydevori” deb atagan edi.

XIII asrda Angliyada ziyolilar, baronlar va fuqarolar qanday qilib qirolning jabr-zulmiga chek qoʻyish haqida koʻp oʻylashdi. Albatta, bu oʻz boshini kundaga qoʻyish bilan teng edi. Tobora kuchayib borayotgan sitam va azoblarga chek qoʻyishning vaqti kelgandi. Buyuk erkinlik xartiyasiga qirol Ioann muhrining bosilishi qirol hokimiyatini chekladi va insonlarga tenglik huquqini berdi.


Qiziqarli


														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

Bu ham qiziq

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi She…
10:54 / 09.10.2026
Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026
Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026
Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yash…
15:07 / 08.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston noyabr oyida Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi…
11:03 / 08.10.2026
O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

“Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida Amina Mahmudova g‘olib bo‘ldi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar…
12:43 / 09.10.2026
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!