O‘zbekistonda ushbu hafta juda iliq va bulutsiz o‘tishi prognoz qilinmoqda.
“O‘zgidromet” matbuot xizmatining xabar berishicha, 20—24-oktyabr kunlari respublika bo‘ylab harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Bu o‘rtacha iqlim me’yoridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. 20-oktyabrda kunduzi harorat 21-23 darajani tashkil etadi. Keyingi kunlarda harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 24-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, kelasi hafta o‘rtalariga qadar O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!