Niderlandiya pishloq ishlab chiqarish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, deya xabar beradi “Kazinform” 24KZ nashriga tayanib.
Mamlakatda yiliga qariyb million kilogramm mahsulot ishlab chiqarilib, uning to‘rtdan uch qismi eksport qilinadi. Eng mashhurlari orasida Gouda va Edam navlari bor.
Bu ma’lumotlar britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan. Mutaxassislar dunyoning 100 ta davlatini qancha pishloq import qilishlari va ishlab chiqarishlari haqidagi ma’lumotlar asosida o‘rganishgan. Har biri 100 balllik tizimda baholandi.
Fransiya ikkinchi o‘rinni egalladi. U yerda deyarli 250 xil navlar, jumladan, dunyoga mashhur Bri, Roquefort va Camembert turlari ishlab chiqariladi. Har yili fransuzlar mahsulotni sotib olish uchun taxminan 400 million dollar sarflashadi.
Kuchli uchlikni Belgiya yakunlab turibdi. U yerda 13 dan ortiq turdagi pishloq ishlab chiqariladi.
Reytingdan AQSh, Shveysariya, Buyuk Britaniya va Avstriya joy olgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!