Myunxenning “Bavariya” klubi sport direktori polshalik hujumchi Robert Levandovskining “Barselona”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
“Levandovskining qarori qanchalik tushunarli? Nol nuqta nol foiz, chunki men futbolchi bo‘lganimda shartnomalarimni oxirigacha ishlab chiqqanman. Futbolchi sifatida klub ichida bunga oydinlik kiritib, shartnomamni bajargan bo‘lar edim”, – deya AS Salihamidjich so‘zlarini keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining “Bavariya” bilan shartnomasi 2023-yilga qadar hisoblangan, biroq polyak shartnoma muddati tugamasdanoq klubni tark etishga qaror qilgan.
19-iyul kuni “Barselona” Levandovski transferini e’lon qildi. Polshalik hujumchi uchun “Barselona” “Bavariya”ga 45 million yevro to‘lagan, yana 5 million yevro turli bonuslar ko‘rinishida taqdim etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!