Hindistonning yirik kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi. O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustambayev va Hindistonning “Reliance Industries Limited” kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha prezidenti Kamal Nanavati Mumbaydagi uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari, shu jumladan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muhokamada so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayoni, milliy iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, turli sohalarda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar, investorlar va tadbirkorlarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun qulay muhit haqida gap bordi.
Tomonlar neft-kimyo, to‘qimachilik sanoati, qayta tiklanadigan energetika va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!