$
12555.16 UZS
-25.11
147.69 UZS
2.94
13430.25 UZS
-16.8
33° Kechasi 22°

Jigar uchun eng foydali mahsulotlar

09:34 / 23.06.2024

Jigar – inson organizmidagi eng muhim organlardan biri. U qonni zararli moddalardan tozalab, tanada vitamin va minerallarni saqlaydi. Shuningdek, yallig‘lanishni nazorat qilib, energiya ishlab chiqaradi.

Quyida jigar uchun eng foydali bo‘lgan 10 ta mahsulot haqida ma’lumot beramiz.

1. Qovoq. Bu mahsulot beta-karotinning boy manbayi hisoblanib, ushbu modda jigarni himoya qilishga yordam beradigan kuchli antioksidant hisoblanadi. Undagi C, E, kaliy, magniy va temir kabi muhim vitamin va minerallar jigar faoliyatini yaxshilaydi va uning himoya mexanizmlarini mustahkamlaydi.

Qovoqda ko‘p miqdorda suv va tola bo‘lib, ular jigarni tozalashga yordam beradi va zararli moddalarni organizmdan chiqarib tashlashni tezlashtiradi. Shu bilan birga, yog‘ miqdori kam va past kaloriyali bu mahsulot jigarga ortiqcha yuk tushishining oldini oladi.

2. Turshak. U jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi. Turshak tarkibidagi silimarin moddasi ushbu organni mustahkam himoyalaydi.

3. Sut mahsulotlari. Yogurt, qatiq va boshqa sut mahsulotlari probiotiklarga boy. Ular ichak mikroflorasini muvozanatlashtirishga yordam beradi. Hazm tizimi yaxshi ishlasa, jigarga tushadigan yuk kamayadi. Natijada organizm toksinlarni tez va samarali chiqarib tashlaydi.

4. Brokkoli. Jigar uchun foydali bo‘lgan ushbu sabzavot antioksidantlarga boy. Undagi sulforafan moddasi jigarni zararli moddalardan himoyalab, yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtiradi.

Qolaversa, brokkoli diindolilmetan va glyukorafanin kabi tabiiy birikmalar bilan jigar holatini yaxshilaydi. Bu moddalar saratonga qarshi xususiyatlar bilan bog‘liq va tabiiy detoksikatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.

5. Zaytun yog‘i. U antioksidantlarga boy va jigarni erkin radikallardan asraydi. Undagi olein kislotasi yallig‘lanishni kamaytirib, jigar hujayralarini himoya qiladi. Shuningdek, zaytun yog‘i organizmdagi “yomon” xolesterinni kamaytirib, “yaxshi” xolesterinni oshiradi.

6. Yog‘li baliqlar. Ushbu mahsulot omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, jigardagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Undagi D, V12 vitaminlari, selen va yod moddasi organ faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, yog‘li baliqlar sifatli protein manbayi hisoblanadi. Protein esa jigar hujayralarining tiklanishi va yangilanishida muhim hisoblanadi.

7. Qizil lavlagi. Uning tarkibidagi betanin moddasi jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi.

8. Yong‘oqlar. Bodom va yong‘oq omega-3 yog‘ kislotalari va E vitaminiga boy. Ular jigarni zararli moddalardan himoya qilib, yallig‘lanishni kamaytiradi.

9. Sarimsoq piyoz. Ushbu mahsulot jigarni detoksikatsiya qilishga yordam beradi. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, u semirishning oldini oladi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi.

10. Suli yormasi. Yuqori darajada tolalarga boy bo‘lgan ushbu mahsulot hazm qilish tizimini yaxshilab, toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi. Bu esa jigarga tushadigan yukni kamaytirib, uning faoliyatini yaxshilaydi.


salomatlik


														
														Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Zamonaviy dunyoda plastik hamma joyda mavjud va uning sog‘liq hamda atrof-muhitga ta’siri tobora aniq bo‘lib bormoqda.
18:02 / 29.06.2024

														
														Oziq-ovqatni muzlatgichda saqlaymiz, dori-darmonni-chi?

Oziq-ovqatni muzlatgichda saqlaymiz, dori-darmonni-chi?

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, har bir preparat yo‘riqnomasida uni saqlash qoidasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
17:34 / 29.06.2024

														
														Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlilik tufayli kasallangan

Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlilik tufayli kasallangan

2030-yilgacha kamharakatlik ko‘rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.
16:39 / 28.06.2024

														
														Xotirani yaxshilaydigan va diqqatni oshiradigan mahsulotlar

Xotirani yaxshilaydigan va diqqatni oshiradigan mahsulotlar

Buning uchun she’r yod olish yoki aqliy mashqlarni bajarishdan tashqari, organizmning umumiy holatiga ham e’tibor berish loz…
16:15 / 27.06.2024

														
														JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

JSST dunyoda transyog‘lar iste’molini butunlay taqiqlash tarafdori

2023-yilda shunday cheklovlar yettita davlat — Misr, Meksika, Nigeriya, Shimoliy Makedoniya, Filippin, Moldova va Ukrainada …
14:51 / 27.06.2024

														
														Olma sirkasining foyda va zarari haqida

Olma sirkasining foyda va zarari haqida

Sirka tarkibida katta miqdorda kislota saqlanadi, u tomoq va qizilo‘ngachning nozik to‘qimalarini osongina zararlaydi.
10:59 / 27.06.2024

														
														Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

Bolani emizish ona organizmi uchun ham foydalidir

Sut ishlab chiqarish uchun organizm kuniga taxminan 200-500 kaloriya sarflaydi.
10:27 / 24.06.2024

														
														Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yog‘ to‘planishi bo‘lishi mumkin

Alsgeymer kasalligi asab hujayralari orasida o‘sadigan blyashkalarda beta-amiloidning to‘planishi natijasida yuzaga keladi.
10:05 / 24.06.2024

														
														Tish implanti o‘rnatish va operatsiyasi haqida

Tish implanti o‘rnatish va operatsiyasi haqida

Ushbu moslamani 14-15 yoshdan 70-80 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga o‘rnatish mumkin.
11:29 / 23.06.2024

														
														Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladi

Energetik ichimliklar soch to‘kilishiga olib keladi

Ma’lum qilinishicha, energetik ichimliklar bevosita soch to‘kilishiga sabab bo‘lib, erkaklarda soch bilan bog‘liq jiddiy aso…
09:40 / 23.06.2024

Bu ham qiziq

Armaniston Vashingtondagi sammitda NATO hamkorlari yig‘ilishida ishtirok etadi

Armaniston Vashingtondagi sammitda NATO hamkorlari yig‘ilishida ishtirok etadi

Davlat kotibi Entoni Blinken NATO bo‘yicha barcha hamkorlar, jumladan Armaniston va Ozarbayjon uchun tadbir o‘tkazmoqda.
15:29 / 29.06.2024
Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Bu haqda Nyu-Yorkdagi brifingda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik xabar berdi.
10:16 / 29.06.2024
Shimoliy Koreyadagi telefonlar qanday ishlaydi?

Shimoliy Koreyadagi telefonlar qanday ishlaydi?

Shimoliy Koreyada “Android”ga o‘xshash maxsus operatsion tizimga ega smartfonlar keng tarqalgan.
10:37 / 29.06.2024
“O‘zgidromet” hududlarni sel-suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni sel-suv bosishidan ogohlantirdi

Respublikaning Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu e…
15:36 / 29.06.2024
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi

Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyev xabar berdi.
20:50 / 28.06.2024
Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Quyoshda qolgan plastik idishlardan foydalanish saraton kasalligiga olib keladimi?

Zamonaviy dunyoda plastik hamma joyda mavjud va uning sog‘liq hamda atrof-muhitga ta’siri tobora aniq bo‘lib bormoqda.
18:02 / 29.06.2024
Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi

Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Milliy…
12:05 / 29.06.2024
Och qoringa zaytun yog‘i ichishning foydalari

Och qoringa zaytun yog‘i ichishning foydalari

Mazkur o‘simlik moyi ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur mahsulotlardan biridir.
14:37 / 29.06.2024
Erondagi prezidentlik saylovida Pezeshkiyan yetakchilik qilmoqda

Erondagi prezidentlik saylovida Pezeshkiyan yetakchilik qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, ovozlar yakuniy sanab bo‘lingunga qadar hech kim 50 foizdan yuqori ovoz jamg‘ara olmasa 5-iyul kuni ikkinch…
10:54 / 29.06.2024
29-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

29-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
20:54 / 28.06.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!