Jizzax viloyatida 12 yoshli bola ikki singlisi bilan mashina boshqargani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yosh bola mashina haydab ketayotgan vaqtda inspektorlar tomonidan to‘xtatilgan. Shundan so‘ng, bola 12 yoshli 5-sinf o‘quvchisi ekani, yonida ikki singlisi ham borligi aniqlangan. Bolaning onasi sog‘lig‘i to‘g‘ri kelmagani uchun o‘g‘liga mashina haydashga ruxsat berganini aytgan.
“Kechiring, qo‘rqib qoldim, boshqa mashina haydamayman”, – deya uzr so‘ragan bola.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!