$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Jizzaxda bo‘lim prokurori va hokimlik yuriskonsulti qo‘lga olindi

10:09 / 16.05.2023

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan joylarda noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Jizzax shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor chorvachilik bilan shug‘ullanish maqsadida 2020-yilda bankdan 200 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgan va ushbu mablag‘ hisobidan qoramol sotib olib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Joriy yilning fevral oyida kredit bergan bank tadbirkor tomonidan kredit mablag‘i maqsadsiz sarflangan degan xulosa bilan viloyat prokuraturasiga chora ko‘rish uchun murojaat qilgan.

O‘z navbatida, o‘rganib chiqish va qonuniy qaror qabul qilish uchun mazkur murojaat Jizzax shahar prokuraturasiga yuborilib, uning nazorati viloyat prokuraturasi bo‘lim prokuroriga yuklatilgan. Murojaatni o‘rganib chiqqan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

Lekin viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori esa go‘yoki uning o‘zi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganligini iddao qilib, “xizmati” evaziga undan 1300 AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jizzax viloyatidagi tuman hokimliklaridan birining yuriskonsulti xizmat mavqeidan foydalangan holda, o‘z vakolatiga kirmasligini bila turib, chorvachilik va baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining boshqaruvi bo‘yicha yuzaga kelgan muammoni tanishlari orqali mazkur xo‘jalikning qonuniy rahbari foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi mansabdor xodimi Asaka tumanida faoliyat yurituvchi MChJga neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanishi uchun litsenziya olishda zarur bo‘ladigan xulosa tayyorlab berish evaziga 3 ming AQSh dollari va litsenziya olib berish uchun “O‘zneftgazinspektsiya”da ishlovchi tanishiga 10 ming AQSh dollari berishi kerakligini aytib, MChJ ta’sischisidan 13 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining bo‘ysinuvida bo‘lgan xodim orqali olgan vaqtda, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

"O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy h…
08:31 / 08.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Prezident raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
15:11 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali ta…
18:22 / 07.05.2025
O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar iqtisodiyotga har yili 1 mlrd dollar zarar keltiradi

Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
14:29 / 07.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!