$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Kaʼbapo'sh tarixi. U qanday tayyorlanadi?

15:23 / 13.04.2022

Kisva (arabcha: كسوة)Kaʼba devorlarini yopib turadigan choyshab. Paxta aralashgan sakkiz boʻlak qora shoyi matodan tikiladi. Devorning yuqori qismi uchdan bir boʻlagini yopib turuvchi Kisva parchasiga Qurʼoni karimning: “Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy – Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (mayogʻi) boʻlgan Kaʼbadirki...” degan oyati (3:96) zarhal yozuvda bitilgan. Shuningdek, Kisvaga Qurʼonning yana boshqa sura va oyatlari yoziladi. Kaʼbaga kiriladigan eshik maxsus zarhal bilan qoplangan boʻlib, unga ham Qurʼon oyatlari bitilgan.

Kisva Tarixi

Qadimgi manbalarga koʻra, Kaʼbani ilk bor kisva bilan yopgan inson Ismoil alayhissalom hisoblanadi. Boshqa manbalarda esa Hijriy yil hisobi boshlanishidan 220-yil avval Madinani istilo qilgan Yaman shohi Tubba al-Xumoriy Makkaga kelib, Kaʼbani palma shoxlaridan toʻqilgan boʻyra bilan oʻrab chiqishga buyruq bergan. Yana bir boshqa manbada keltirilishicha, Kaʼbani ilk bor paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning katta bobosi Adnan oʻragan ekan. Bu anʼanaga hukumat tepasiga Husayn ibn Xilabu Islom dini kirib kelishi bilan qurayshiylar Kaʼbani oʻrash anʼanasini yangiladilar.

Muhammad (s.a.v) hayotliklarida Kisva Yamanda tayyorlanardi. Xalifa Umar zamoniga kelib Kisva Misrda toʻqiladigan boʻldi. Xalifa Maʼmun davrida Kisva har yili uch marta yangilab turilgan. Xalifa Mutavakkil, esa har ikki oyda Kaʼbatullohga yangi Kisva yuborgan.

Ka'baning XIX va XX asrga oid tarixiy suratlari fotogalereya 20-02-2018,  11:30 - Zamin.uz

Xalifa Umar boshlab bergan anʼana davom ettirilib, Kisva 1924-yilgacha (ba’zi manbalarda 1927-yilgacha) Misrda tayyorlandi. Har yili yangi Kisva haj safariga chiqqan misrlik ziyoratchilar bilan birga Makkaga keltirilardi. Avvalgi Kisva devordan olinib, Kaʼba xazinabonlari va Makka sharifi ixtiyoriga topshirilardi. 1443-1452– yillari Shohrux Mirzo Misr Kisvasi bilan birga Movarounnahrda tayyorlangan maxsus kaʼbapoʻsh yopilib turishiga erishgan. 1925-yil qirol Abdulaziz Makkada ixtisoslashgan fabrika ochib, unda qora rangli tabiiy shoyidan Kisva tiktirdi. Shundan boshlab Kaʼba Kisvasi faqat Saudiya Arabistonida tayyorlanadi. Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdulaziz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga tuhfa qilgan Kisva – Kaʼbapoʻsh parchasi hozir Imom Buxoriy yodgorlik majmuasidagi masjid devoriga osib qoʻyilgan.

Kisva doim qora rangda boʻlganmi?

Kaʼba yopinchigʻi ranglari turli davrlarda turlicha boʻlgan. Abbosiylar xalifasi An-Nasr hukmronligi davrida, Kaʼbani faqat sariq iplar bilan kashta solingan qora rangdagi yopinchiq bilan oʻrash kerak boʻlgan. Qadimda Kaʼba yopinchigʻi asosan oq rangli boʻlgan. Keyinroq u qora kisva bilan oʻraladigan boʻlgan. Tarixda kisva turli rangda boʻlgan holatlar ham uchraydi. Hozir u faqat qora mato bilan oʻraladi. Bu anʼana abbosiylar hukmdorlari paytidan urfga kirgan, chunki abbosiylarning bayrogʻi qora rangda boʻlgan.

Маккада каъбапўш кўргазмаси очилди

Qoʻshimcha Malumot

Kaʼba yopinchigʻining balandligi 14 metrga yetadi. Uning yuqori qismida eni 95 sm, uzunligi 47 m. Boʻlgan matoda Qurʼon oyatlari yozilgan. Mato 16 qismga ajratilgan. Ularning har biri turli islomiy naqshlari bilan bezatilgan. U matoning quyi qismi esa Qurʼon oyatlari bilan toʻldirilgan. Oyatlar orasidagi boʻsh joylarga esa Ya Hayy (Ey tirik zot!), Ya Qayyum (Ey barcha joyda mavjud zot), Ya Rahim (Ey Mehribon zot), Ya Rahmon (Ey rahmli zot), Al-hamdulillah ul-Rabbiyl Olamiyn (Butun olamlarning Egasi Allohga hamd-sanolar boʻlsin) kalimalari tushirilgan. Kaʼba yopinchigʻi besh asosiy qismdan iborat: toʻrtta devorga toʻrtta yopinchiq va Kaʼba eshigining yopinchigʻi.

Kisva dastlab Zamzam suvida yuviladi, mushki anbarlar bilan chayiladi va quritiladi. Kaʼbaga oʻralishidan avval unga eng qimmatbaho muattar mushklar sepib chiqiladi. Har yili Zulhijja oyining 9-kuni bomdod namozidan soʻng Kaʼba oʻzining yangi libosiga burkanadi. Muqaddas Kaʼbaga yangi kisva qoplanmaguncha, eskisi olib tashlanmaydi.

Kisva — Ka'ba yopinchig'i haqida nima bilamiz?

Kaʼba yopinchigʻini tayyorlash uchun Saudiya Arabistoni hukumati 1924-yilda (ba’zi manbalarda 1927-yilgacha) alohida ustaxona tashkil qilgan. Ustaxonada 240 hunarmand va texnik mutaxassislar mehnat qiladi. Hozirgi kunga kelib kisva tayyorlashga 17 million Saudiya riyoli (4,5 million dollar) sarflanadi. Kisvaning oltin iplar bilan naqshlar solib tikiladigan matosining oʻziga 450 kg.dan ziyod ipak ishlatiladi. Har yili ikkita kisva tayyorlanadi. Biri Kaʼbaning ustiga yopilsa, ikkinchisi, har ehtimolga qarshi saqlab qoʻyiladi.


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!