$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Kaligula – abadiy sharmandalik ramzi. O‘zini xudo deb hisoblagan Rim imperatori

15:48 / 29.03.2022

Qadimda ko‘plab podshohlar o‘z nomlarini tarixda qoldirish uchun katta-katta imoratlar barpo etishgan. Biroq moziyga nazar tashlasak, o‘zining xurmacha qiliqlari bilan tarix solnomalaridan joy olgan podshohlar ham talaygina. 

Mana shundaylardan biri Gay Yuliy Sezar Kaligula hisoblanadi. U o‘zining bemaʼni qiliqlari va tentakligi bilan Rim tarixida abadiy sharmandalik ramziga aylandi. Kaligula o‘zining sevimli otiga konsul unvonini berib, gladiatorlar jangini teatr tomoshasiga aylantirdi. Rim xalqi uning jabr stamlariga to‘rt yil chidadi. 

Bugungi maqolamizda o‘zining xurmacha qiliqlari bilan tarixda qolgan, Rim imperatorlari orasida eng mashxuri Kaligula haqida so‘z yuritamiz.

Ahmoq imperatorning dunyoga kelishi

Gay Yuliy Sezar Kaligula milodiy 12-yil 31-avgust kuni imperator Tiberiy xonadonida dunyoga keldi. U hayotining dastlabki ikki yilini Rimda o‘tkazdi. Kaligula yoshligida bir necha bor suiqasdlardan omon qolgan. Uning ikki akasi aynan saroy fitnasi tufayli bu dunyoni tark etgan edi. O‘sha vaqtlarda saroy fitnalari Rimda oddiy holatga aylangandi. Bo‘lajak johilni Tiberiyning onasi (yaʼni buvisi) o‘z himoyasiga oldi. Ammo Kaligula haqiqiy imperator bo‘lib emas, bir zolim bo‘lib ulg‘aydi.

Kaligulaning qanday ulg‘ayotganini ko‘rgan imperator Tiberiy o‘zining kelajakdagi vorisi haqida shunday deydi:

“U o‘ziga ham, o‘zgalarga ham yaxshilik qilmaydi. Faqat rimliklarga emas, balki butun dunyoga musibat keltiradigan ilon voyaga yetyapti”. 

Kaligulaning hokimiyatga chiqishi

37-yil 18-mart kuni Gay Yuliy Sezar Kaligula imperator deb eʼlon qilindi. Taxtga endigina o‘tirgan imperator dastlabki paytlari juda g‘ayratli, xalqqa mehribon bo‘ldi. Kaligula bir vaqtlar tarqatib yuborilgan senatni qayta yig‘di, obro‘-eʼtiborli Rim zodagonlariga faxrli mansablarni taklif qildi. Tiberiydan qolgan bitmas-tuganmas boyliklarni marhumning vasiyatiga binoan rimliklarga barobar taqsimlab berdi. Bundan tashqari Kaligula Rimda suv ta’minotini yaxshilash uchun ikkita suv o‘tkazgich qurdirdi. Hatto, u yo‘llarning holatiga alohida e’tibor qaratdi.  

Ammo xalqning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Sakkiz oydan so‘ng imperator kasal bo‘lib qoldi. Sog‘ayib ketgach, Kaligula o‘zini mutaqo boshqacha tuta boshladi. U kundan-kunga aqlini yo‘qotib bordi. Bir muncha vaqt o‘tib, hokimiyat jilovini butunlay o‘z qo‘liga olgan Kaligula quturib ketdi.

“Uning bemaʼniligi, tentakligi chegara bilmas edi”, deb yozadi Qadimgi Rim tarixchilari. Mulozimlar kechasi-yu kunduzi unga xushomad qilib, sajda qiladilar. Bunday mulozamatdan sarmast bo‘lgan imperator “ko‘rgani ko‘zlari bo‘lmasa ham mayli, faqat qo‘rqib turishsa bas”, deydi.

Kaligula “siz kamtarin yoki qaysar bo‘lib yashashingiz kerak!” deb ko‘p takrorlar edi. Imperator oltinni juda yaxshi ko‘rgan. U oltindan yasalgan buyumlarni oyoq ostiga to‘kib, yalang oyoq yurishni yoqtirgan.   

O‘zini tug‘ma aktyor, tug‘ma hukmdor deb bilgan Kaligula davlat ishlarini bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib, kayfu-safoga, o‘yin-kulguga berilib ketadi. Hatto, shunday darajaga yetadiki, u o‘zini tirik xudo deb eʼlon qiladi. Kaligula Rimdagi barcha ilohiy haykallarning boshini o‘z boshi tasviri bilan almashtirishni buyuradi. Biroq ahmoq imperator uchun bu ham yetarli emas edi.

Kaligula Rimda o‘z nomi bilan atalgan ma’bad (ibodat qilinadigan joy) qurdirdi. U yerga imperatorning baland oltin haykali o‘rnatildi. Eng qizig‘i, Rim ibodatxonalarida asosan buqa qurbonlik qilingan. Lekin Kaligula ibodatxonasida flamingo va tovus qurbonlik qilinishi kerak edi.

 Kaligula haqida tarixchi Iosif Flaviy o‘zining esdaliklarida shunday yozadi:

“Boshqalarni qo‘ya turaylik, lekin Kaligula hatto Gomerning dostonlarini ham yo‘qotib yubormoqchi bo‘ldi. Odamlarning ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q edi. U bir necha marta hammani qirib yubormoqchi bo‘ldi. Kaligula rimlik aholi ustiga yuklab qo‘ygan son-sanoqsiz o‘lponlarning adog‘i ko‘rinmasdi. Boy-badavlat, nufuzli vorislar bosh ko‘tarib qolishdan qo‘rqib, imperator ularning hammasidan o‘z foydasiga vasiyatnoma yozdirib oldi. Keyin vasiyatnoma yozib bergan zotni jinoyatchi deb eʼlon qilardi-da qatl ettirib yuborardi. Keyin esa uning boyligini o‘zlashtirib olardi. Rimliklarni dahshatga solgan narsa shu bo‘ldiki, u o‘zining otini konsul lavozimiga tayinladi”.

Davlat ahamiyatiga molik mansabga otning tayinlanishi hali tarixda bo‘lmagan edi. Boz ustiga, Kaligula o‘z oti uchun marmar katak va fil suyagidan oxur qurish to‘g‘risida farmon beradi.

Kaligula imperator bo‘lgan to‘rt yil davomida gullab kelayotgan qudratli Rim imperiyasi qashshoq monarxiyaga aylanib qoldi. Rimda eng katta o‘g‘ri imperatorning o‘zi edi. Bu ham yetmaganidek, amaldorlar ham davlatning tanasiga zulukday yopishib olgandi. Bir yilning ichida imperiya xazinasidan ikki milliard yetti yuz million tanga g‘oyib bo‘ldi. Rim xalqi qashshoqlashadi, odamlar bir burda non topish ilinjida har tomonga sochilib ketdi.

Cheksiz hokimiyat va misli ko‘rilmagan boylik quturtirib yuborgan Kaligulaning xotini qiz tug‘adi. Imperator esa rimliklardan qizaloqni boqish, tarbiyalash va kelajakdagi sepi uchun pul talab qiladi. Yangi yilning birinchi kuni Kaligula o‘z saroyi ostonasida turib olib, kelayotgan odamlardan tilanchi kabi xayr-sadaqa so‘ray boshladi. “Toma-toma ko‘l bo‘lur”, deganlaridek, asta-sekin yig‘ilgan boylik tog‘ bo‘lib uyiladi. Kaligula tangalarni ko‘rib, aqldan ozar daraja suyunib ketadi. O‘zini yig‘ilgan boylik ustiga otib, tangalarni hovuchlab-hovuchlab boshidan sochadi.

“U g‘alati-g‘alati ust-bosh kiyib odamlar oldiga chiqar edi. Bunday kiyimni nafaqat birorta rimlik, hatto oddiy erkak ham kiyishga or qilgan bo‘lardi. Chet ellardan kelgan elchilar etaklari keng mo‘l xotinlarning gulli ko‘ylagini, xotinlarning tuflisini kiyib taxtda o‘tirgan imperatorni ko‘rishgach, miyig‘ida kulishgancha, bir-birlari bilan maʼnoli ko‘z urishtirib olardilar. Bunday paytlarda rimliklar nomusdan o‘lar holatga yetdilar”, deb yozadi yunon tarixchisi.

Kaligulaning o‘limi

Nihoyat, qashshoqlikdan bezor bo‘lgan rimliklarning toqatlari toq bo‘ldi. Ahmoq imperatorning hokimiyatiga barham berilmasa, davlat yakson bo‘lishini xalq tushunib yetdi. Saroy amaldorlari imperatorga qarshi fitna tayyorlashdi.

41-yil 24-avgust kuni Kaligula teatrdan qaytib kelayotgan vaqtda ko‘chada pichoqlab o‘ldiriladi. Xuddi shu kuni fitnachilar uning xotini Sezoniya va 11 oylik qizi Yuliya Druzilani ham  o‘ldirishadi. Shunday qilib tentak imperatorning hokimiyatiga chek qo‘yildi. Imperatorning qatl etilganini eshitgan rimliklarning aksariyati bo‘lgan voqeaga ishonmaydi. Ular Kaligula bir hunar ko‘rsatmoqda deb o‘ylashadi.

Kaligula rimliklar uchun abadiy sharmandalik ramziga aylandi. Uning nomi laʼnatlandi. Kaligula nomi Rimdagi barcha yodgorliklardan o‘chirib tashlandi. Tarixda sharmandali nom qoldiradigan mana shunaqa davlat boshliqlaridan hudoning o‘zi saqlasin!


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Xotini va 2,5 yoşli qizini öldirgan erkak umrbod qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida xotinini öldirib, 2,5 yoşli qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham hayotiga zomi…
08:53 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026
Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026
Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026
Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqandda ŞHT Plus ilk ekspertlar muloqoti boşlandi

Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT Plus birinçi ekspertlar muloqoti öz işini boşladi.
12:36 / 06.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!