$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Kanada harbiylari noma’lum obyektni urib tushirdi

13:10 / 12.02.2023

Mamlakat bosh vazirining fikricha, Amerika va Kanada harbiy samolyotlari noma’lum obyektni urib tushirgan

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Twitter’da Amerika va Kanada harbiy samolyotlari mamlakat shimoli-g‘arbi osmonida noma’lum obyekt urib tushirilganini ma’lum qildi.

“Men Kanada havo hududini buzgan noma’lum obyektni urib tushirishni buyurdim. Shimoliy Amerika Aerokosmik Mudofaa Qo‘mondonligi (NORAD) vazifani a’lo darajada bajardi”, – deydi Tryudo.

Hukumat rahbari nishonga amerikaning F-22 qiruvchisi tomonidan zarba berilganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiylar urib tushirilgan ob’yekt qoldiqlarini chiqarib olish va o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Tryudo, shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden bilan nima sodir bo‘layotganini muhokama qildi va qo‘mondonlik Shimoliy Amerikani himoya qilish uchun NORAD’ga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq NORAD vakillari Shimoliy Kanada osmonida noma’lum havo obyektini kuzatishni boshlaganini ma’lum qilgandi.

Qayd etilishicha, mudofaa vaziri Anita Anand Kanada osmonidagi noma’lum jism fuqaro aviatsiyasi uchun xavf tug‘dirganini ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, obyekt taxminan 4000 metrdan sal ko‘proq balandlikda uchgan.

Eslatib o‘tish mumkin, o‘tgan hafta Janubiy Karolina sohillari yaqinida amerikalik harbiylar xitoyliklarning havo sharini urib tushirdi. O‘shanda rasmiylar uni Xitoy josuslik dasturining bir qismi sifatida baholagan. Pekin bu ayblovlarni rad etgan va bu obyekt yo‘nalishidan og‘ib ketgan meteorologik zond bo‘lganini bildirgan.


Bu ham qiziq

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob berdi.
09:54 / 12.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!