Kanada hukumati Ukrainaga 47 million dollarlik harbiy yordam paketini yubormoqchi. Bu haqda g‘arb ommaviy axborot vositalari Kanada Mudofaa vazirligi rahbari Bill Blerga tayanib xabar berishdi.
Ushbu yordam paketi o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va himoya vositalarini uzatishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mablag‘lar Ukraina harbiy xizmatchilarini o‘qitish uchun sarflanadi.
OAVning ta’kidlashicha, ushbu yordam Ukraina ehtiyojlariga 362,8 million dollar miqdorida mablag‘ bilan yo‘naltiriladi.
2022-yil fevral oyidan boshlab Kanada Ukrainaga mudofaa sohasida 4,5 milliard dollar yordam ko‘rsatdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!