$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Karimov taqiqlagan “Georgiy tasmasi” oʻzi nima?

12:03 / 09.04.2022

9-may sanasi yaqinlashar ekan, bu kunda kelajak avlodning tinchligini taʼminlash uchun oʻz jonini fido qilgan insonlar xotirlanadi. Ikkinchi jahon urushi (1939-1945)da qatnashib, jonbozlik koʻrsatgan faxriylar holidan xabar olinadi. Bundan tashqari shu kuni “Georgiy tasmasi”ni tarqatish aksiyasi boʻlib oʻtadi.

Qizigʻi bu kunni baʼzi vatandoshlarimiz ulugʻ gʻalaba kuni sifatida keng nishonlashni istasa, ayrimlar bu kun faqatgina xotira kuni sifatida qabul qiladi. Ular 9-may sanasi munosabati bilan tarqatiladigan “Georgiy tasmasi”ni taqishni istashmaydi. Ayni shu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xoʻsh, “Georgiy tasmasi” oʻzi nima? Uning Ikkinchi jahon urushiga qanday aloqasi bor?

“Georgiy tasmasi” tarixi

1768–1774– yillardagi rus-turk urushi vaqtida, aniqrog‘i 1769-yil 26-noyabr kuni Yekaterina II tomonidan Avliyo Georgiy ordeni va tasmasi taʼsis etilgan. Orden va tasma Rossiya imperiyasi manfaati yoʻlida sadoqat va jasorat bilan xizmat qilgan rus askarlariga ragʻbat sifatida berilgan. Tasma oq teng qirrali xoch yoki toʻrt qirrali oltin yulduz bilan toʻldirilgan. Shu tariqa rus harbiylarining koʻkraklari ana shu orden va tasma bilan bezatiladigan boʻldi.

Yekaterina II va Avliyo Georgiy ordeni va tasmasi

“Georgiy tasmasi” dastlab, harbiyning unvoniga qarab koʻkrakka taqilgan. Oddiy askar tasmani boʻyin atrofiga qadagan boʻlsa, harbiy zobitlar uni oʻng yelkaga taqishgan. Orden va tasma egasining oʻlimidan soʻng uning avlodlariga meros boʻlib qolgan.

Rossiya imperiyasi hukmron doiralarining Turkiston yerlariga gʻarazli maqsadda koʻz olaytirishlari hali oʻlkada shayboniylar hukmronligi davom etayotgan davrda boshlangan edi. Kavkaz, Volgaboʻyi, Sibir va Oʻrta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podshohlarining azaliy va asriy orzusi boʻlgan. Afsuski 1868-yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda Xiva xonligi, 1876-yilda Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.

Xiva xonligi, Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligini bosib olgan rus zobitlari va generallari uchun Georgiy ordeni va tasmasiga oʻxshash maxsus – “Qoʻqon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar taʼsis etilgan.

Shuni ham ta’kidlash kerakki,  bizning “dono” xonlarimiz Rossiya podshohi tomonidan tuhfa etilgan orden va nishonlarni koʻzlariga surtib, alohida ishtiyoq bilan koʻkraklariga taqib yurishgan. Xiva xonlari Madrimxon va Isfandiyor, Buxoro amiri Muzaffarxon va Olimxon bunga yaqqol misol.

Sovet Ittifoqi davrida “Georgiy tasmasi”

1917-yil oktabr inqilobidan soʻng hokimiyatga bolsheviklar keldi. Ular oq imperiya (Rossiya imperiyasi) joriy etgan harbiy mukofotlardan foydalanishda davom etdi. Xususan, bolsheviklar Turkistondagi talatoʻplarda qatnashib, oʻlka aholisining qonini daryo qilib oqizgan rus harbiylarini aynan Georgiy ordeni va tasmasi bilan taqdirlagan. Xususan, Turkiston Muxtoriyatini qonga botirgan armanlarning dashnaksutyun diviziyasi qonxo‘rlariga “Georgiy ordeni va tasmasi” mukofot qilib berilgan. Keyinchalik bolsheviklar “Georgiy ordeni va tasmasi” taqiqladi.

1941-yil 21-iyun kuni Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi. Sovet adabiyotlarida bu urush “Ulugʻ Vatan urushi” deb talqin etildi. 1941 yil kuzidan boshlab Vatan himoyasida jasorat koʻrsatgan sovet harbiylari “Gvardiyachilar” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

1945-yilning 9-may kuni Sovet Ittifoqining Oliy Kengash prezidiumi tomonidan “Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali taʼsis etildi. E. M. Romanov va I. K. Adrianovlar medal mualliflari hisoblanadi. Medalning ko‘rinishi bir vaqtlar bolsheviklarning o‘zlari taqiqlagan “Georgiy ordeni va tasmasi”ga o‘xshar edi. 

Medalning yuz tomonida Iosif Stalin tasviri Sovet Ittifoqi marshali sifatida aks etgan. Medal aylana yordamida besh burchakli “Georgiy tasmasi”ga ilingan boʻladi. Tasma yuzasida beshta eni jihatidan teng chiziq bilan qoplangan, ushbu chiziqlarning uchtasi qora va ikkitasi jigarrangdir. Tasmaning chekkalari ingichka apelsin rangli mato bilan qoplangan. Bu ranglar nimani anglatishi haqida turli qarashlar mavjud.

“Georgiy tasmasi” nima uchun tarqatildi?

SSSR davrida “Georgiy tasmasi” qahramonlik ramzi deb tushunilgan. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalangach, “Georgiy tasmasi” faqatgina faxriylarning koʻkragida esdalik sifatida qolgan edi. Lekin 1999-yil Vladimir Putin hokimiyatga kelgach, sobiq Sovet Respublikalariga “Katta og‘a”likni da’vo qila boshladi. U postsovet Respublikalariga mafkuraviy hujum boshladi.

2005-yilda bir necha yigit Moskva koʻchalarining birida, “RIA Novosti” axborot agentligi binosi oldida stol qoʻyib, “Georgiy tasmasi”ni sota boshladi. Lekin odamlar uni sotib olishga shoshmadi. Shunda yigitlar tasmalarni “bu gʻalabamiz ramzi” deb tekinga tarqatishni boshladi. Shunda rossiyalik ayrim tarixchilar  “Ulugʻ Vatan urushi” vaqtida fashistlar Germaniyasi tarafiga oʻtgan general Vlasov va unga oʻxshagan harbiylar, aniqrogʻi sotqinlar ham bu lentani taqqanini taʼkidlashadi.

Koʻp oʻtmay “Georgiy tasmasi” davlat idoralari tomonidan tarqatila boshlandi. Bundan tashqari elchixonalar orqali sobiq Sovet Ittifoqi Respublikalariga xususan, Oʻzbekistonga ham bu tasma tarqatildi.

Lekin Islom Karimov davri (1991-2016)da bu masalaga jiddiy eʼtibor berildi. Xususan, “Georgiy tasmasi”dagi uch qator qora va ikki qator toʻq sariq ranglar Oʻzbekiston davlat bayrogʻidagi koʻk, oq va yashil ranglarga oʻzgartirildi. Birinchi maʼmuriyat davrida  9-may sanasida “Xotira va qadrlash kuni” deya halok boʻlgan vatandoshlarimizning xotirasi yodga olingan.

2016-yilda Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach, 9-may alohida bayram sifatida keng koʻlamda nishonlana boshlandi. 2020-yil 9-may kuni Toshkentning Olmazor tumanida “Gʻalaba bogʻi” ochildi. Oʻsha yili Shavkat Mirziyoyev “Georgiy tasmasi”ni taqib, Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yaqinlashib kelayotgan 9-may sanasiga katta tayyorgarlik koʻrilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu masala koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Ayrimlar “bu harakatlar manqurtlikdan boshqa ish emas” deb taʼkidlamoqda. Baʼzi vatandoshlarimiz esa bu kunni ulugʻ gʻalaba kuni sifatida keng nishonlashni istamoqda.

Ayrim siyosatchilarning fikricha, bugun Oʻzbekiston oʻta ehtiyotkor siyosat yuritib, agressor Rossiyaning jigʻiga tegib qoʻymaslik uchun  9-may sanasini bayram sifatida nishonlashga harakat qilmoqda. Lekin bu odamlarning ongida Sovet Ittifoqiga bo‘lgan moyillikni oshiradi. Shuning uchun ham Moskva har yili postsovet hududidagi Respublikalarga bosim qilib, o‘zining propaganda mashinasini kuchaytiradi. Maqsad esa hammaga ma’lum.


Qiziqarli


														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026
O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi She…
10:54 / 09.10.2026
Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026
Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijonda 64 ming dollarni paypog‘iga yashirgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida fuqaro O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan 64 ming AQSH dollarini paypog‘iga yash…
15:07 / 08.10.2026
Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlari:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish ha…
17:06 / 09.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!