$
11948.58 UZS
58.63
144.29 UZS
0.36
13793.44 UZS
76
31° Kechasi 18°

Karimovning hayot yo‘li…

12:52 / 30.01.2024

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Mustaqilligining asoschisi, davlat va siyosatda katta shaxslardan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun. Karimovning bolaligi, o‘smirlik davri va prezidentlikkacha bo‘lgan hayoti qanday kechgan edi. Quyidagi maqolada shu haqida gaplashamiz.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topadi.


Bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keladi. Islom Karimov 1945-yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomlaydi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qiydi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.

1955-yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kiradi. 1960-yilda uni tamomlaydi va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshlaydi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulguradi. U bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961-yilda sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966-yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi. Shundan so‘ng, 1967-yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomlaydi.


1973-yilga kelib esa Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Keyin 1975-yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oladi. 1983-yilda Moliya vaziri, 1986-yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ladi.

O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini anglaydi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorlaydi.


U jiddiy va aniq choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo‘q edi. Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buziladi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlanadi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi. Islom Abdug‘aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning ko‘z o‘ngida o‘zi obro‘sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch umuman yo‘q edi. U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishlaydi. Uning bosh maqsadi xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatni o‘zgartirish, viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddalaydi. Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy obyektlar qurdiradi.


Bu vaqt oralig‘ida Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlanadi. 1989-yil 23-iyun kuni Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylanadi va o‘sha vaqtda fojiali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi.Keyinchalik Islom Abdug‘aniyevich o‘sha voqealarni shunday eslaydi: “Sovet kommunistik tizimi hali-hamon hukmron bo‘lgan 1989-yilni eslaylik. Mayning oxiri – iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.

1989-yil 24-iyunda Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanadi. 1989-yilning oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadamlaridan biri edi.Karimov 1990-yil mart oyida M.S.Gorbachyev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qiladi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylanadi.

1990-yil 21-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilinadi. Bu mustaqillik kurash borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i edi.

1991-yil 31-avgustda 12-chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekadi.


1992-yil 2-mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinadi. Bu respublikaning rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab beradi, shuningdek, faol xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik uchun imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, I.A.Karimovning 1992-yilning iyulida Xelsinkida o‘tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengashda ishtirok etgani O‘zbekistonning xalqaro obro‘si e’tirof etilgani hisoblanadi. U YeXHTning yig‘ilishida raislik qilib, “O‘zgarishlar vaqtiga tahdid” deb nomlangan yakuniy hujjatini muhokama qiladi. I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda bir necha marotaba so‘zga chiqib, o‘zining gohida kutilmagan, balki dolzarb xalqaro muammolarning yechimi bo‘yicha hamisha to‘g‘ri, o‘z yondashuvni taklif etadi.

Islom Abdug‘aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan va bu borada izchil harakatlar qilgan. Ushbu zonaning yakuniy shakllanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya – yadro davlatlari “beshligi” tomonidan imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonnomada mustahkamlab qo‘yiladi.


Mustaqillik yillarida mamlakatda onalar va bolalar o‘limi uch baravardan ortiq qisqaradi. Kishilarning turmush sifati va salomatligi yaxshilanib, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollarniki esa 76 yoshga yetadi. Iqtisodiyot, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Islom Abdug‘aniyevich xorijiy davlatlardagi bir qator universitetlarning faxriy doktori va akademigi etib saylanadi.

I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanadi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oladi. Bu 2000-yil 9-yanvar, 2007-yil 23-dekabr, 2015-yil 29-mart kunlari kuzatildi.

Karimov o‘z tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish fondi tuzib, uning homiylik kengashini boshqaradi. Fond tufayli O‘zbekiston bo‘ylab millionlab bolalar o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan zamonaviy zallar va stadionlarda shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirishdagi xizmatlari uchun Islom Karimov xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi va bir qancha yuksak sport mukofotlari bilan taqdirlanadi. Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lgan.

Uning rafiqasi – Tatyana Akbarovna uning haqiqiy do‘sti, yordamchisi, fikrdoshi edi, Islom Abdug‘aniyevich bilan 47 yil birga yashab, u bilan hayotning barcha zahmatlarini baham ko‘radi.


O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan va jahon siyosatida ham katta shaxs bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni soat 20:55 da Toshkentda miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etadi.


2016-yil 3-sentyabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti o‘zining kichik vatani – Samarqand shahrining qadimiy Hazrati Hizr masjidida dafn etiladi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1989-yildan 2016-yilga qadar mamlakatni boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi va millat yetakchisi edi.


Tayyorladi: Ilyos Boltayev


Bu ham qiziq

Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Aziz Hakimov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining yopiq sud majlisi yakunida Aziz Hakimovga doir jinoyat ishi yuzas…
17:39 / 11.08.2026
Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Surayyoxon Rustamovna Xo‘jamqulova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i lavozim…
17:16 / 12.08.2026
Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

“Maxa.dxb” taxallusi bilan Qozog‘istonda faoliyat yuritgan o‘zbekistonlik bloger Mahmud Hikmatov noqonuniy internet-kazinola…
14:18 / 10.08.2026
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonda 2026-yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim xodimlar ketma-ket to‘rt kun dam oladi.
10:02 / 12.08.2026
Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Shvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yil avval yashagan homilador ayol s…
09:26 / 11.08.2026
Tramp Erondan kelgan tahdid sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Erondan kelgan tahdid sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning iyul oyida Turkiya poytaxti Anqarada o‘tkazilgan NATO sammitidan so‘ng mamlakatni…
11:52 / 11.08.2026
Dunyoda eng agressiv haydovchilar qaysi mamlakatlarda ekani ma’lum bo‘ldi

Dunyoda eng agressiv haydovchilar qaysi mamlakatlarda ekani ma’lum bo‘ldi

Italiya yo‘llarida agressiv haydovchilarga duch kelish ehtimoli eng yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Euronews nashrida e…
14:24 / 11.08.2026
Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

2026-yil 10-avgust kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida joylashgan qator obyektlarga dronlar orq…
11:11 / 12.08.2026
Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Biriga 15 sutka qamoq, biriga jarima – Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi
16:52 / 12.08.2026
Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona viloyati tumanlaridan biridagi filiali rahbari, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro, noqonu…
09:43 / 10.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!